Milliarder Bill Geyts "supersigir" loyihasi uchun 40 million $ ajratdi

"Ideal" sigir oddiy sog‘in sigirdan farqli o‘laroq 4 barobar ko‘p sut beradi
Sputnik

TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts "supersigir" yaratishlari uchun 40 million dollar pul sarflamoqda, deb xabar qildi Business Insider portali.

Ushbu buyurtma genetik tadqiqotlar va uy jonivorlari uchun vaksinalar yaratish bilan shug‘ullanuvchi GALVmed notijorat tashkilotiga berilgan.

Qirg‘iziston prezidenti migrantga aylanmaslik uchun sigir sotib olishni maslahat berdi
"Supersigir" loyihasi ustida Shotlaniyadagi Edinburg universiteti mutaxassislari shug‘ullanishadi. Sigirlarning chidamliligi va ulardan olinadigan sut miqdorini oshirish uchun yirik shoxdor jonivorlarning afrika va yevropa zotlarini "birlashtirish" kerak bo‘ladi.

"Bu ishning samarasi juda yuqori. Hayotining davomiyligi hozirgi sigirlarnikidek bo‘lgan, ammo ulardan to‘rt barobar ko‘p sut beradigan sigirni vujudga keltirishimiz mumkin", — deb bayonot qilgan Geyt.

Eslatib o‘tamiz, Microsoft asoschisi bundan oldinroq sun’iy urug‘lantirish yo‘li orqali sigir yaratish taklifini kiritgan edi.

Milliarder Geyts tez-tez xayriya va ilmiy loyihalarga pul ajratib turadi. Forbes jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, uning boyligi 92 milliard dollarga yetgan.