Parlament instituti bo‘sh ish o‘rinlariga nomzodlarni qidirmoqda

Ishchilarga 3 mln. so‘mgacha oylik ish haqi, mehnat kodeksida belgilangan bayram va chorak yakunlari bo‘yicha oylik ish haqi fondi miqdorida mukofot pullari; hukumat poliklinikasi va statsionarlarida hodim va uning oila a’zolarining bepul davolanishi uy-joy sotib olish uchun imtiyozli ipoteka krediti va’da qilingan
Sputnik

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti yuqori malakali huquqshunos, sotsiolog, politolog, iqtisodchi, moliyachi va IT-mutaxassislarni ishga taklif qiladi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: oliy ma’lumot; ingliz, rus va boshqa chet tillarini bilish; tahliliy materiallar tayyorlash qobiliyatiga ega bo‘lish.

Prokuratura yuqori maoshli lavozimlarga ishchi qidirmoqda
Vazifalari:

— qonunchilik muammolari va huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil qilish, natijalariga ko‘ra amaldagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

— qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlash;

— hujjatlar loyihalarini tayyorlash;

— qonun loyihalarini tayyorlash;

— normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish;

— huquq, siyosat, iqtisodiyot va boshqa sohalarda tadqiqot olib borish;

— yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va qonuniy hal etish.

Oylik ish haqi, ijtimoiy himoyalashga qaratilgan choralar va to‘lovlar:

— oylik ish haqi — dastlab 1,7 mln. so‘mdan 3 mln. so‘mgacha, keyinchalik ushbu oylik ish haqiga qo‘shimchalar qo‘shib boriladi;

Soliq qo‘mitasi oliy ma’lumotlilar va kollej bitiruvchilari orasidan ishchi qidirmoqda
- adliya organlari xodimlariga beriladigan maxsus unvon — martaba darajalari beriladi;

— mehnat kodeksida belgilangan bayram va chorak yakunlari bo‘yicha oylik ish haqi fondi miqdorida mukofot pullari;

— Hukumat poliklinikasi va statsionarlarida hodim va uning oila a’zolarining bepul davolanishi;

— xodim ta’tilga chiqqanda bir oylik ish haqi fondi miqdorida moddiy yordam puli;

— uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan xodimlarga uy-joy sotib olish uchun imtiyozli ipoteka krediti;

— xodimlarga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun kompensatsiya to‘lovi;

— qonun hujjatlari talablari asosida Toshkent shahriga doimiy propiskaga kiritish.

Bundan tashqari: Mansab lavozimlarida o‘sib borish; ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida chet ellarga xizmat safarlari va stajirovkalar.

Instututda ishlash istagini bildirgan nomzodlar 2018-yil 25-fevral kuniga qadar o‘z rezumesini qmptiuz@umail.uz elektron pochtasiga yuborishlari lozim. Yuborilayotgan rezumeda nomzodning yashash manzili va telefon raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham eks ettirilishi kerak.