TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi davlat soliq xizmati organlaridagi bo‘sh bo‘lgan lavozimlarga ishga taklif qilishi haqida e’lon berdi.
Soliq organlari xizmatiga yoshi, millati, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy va mansab mavqeyidan qat’iy nazar, o‘zlarining kasb, ishchanlik, shaxsiy va axloqiy sifatlariga, ma’lumoti darajasiga va salomatligiga ko‘ra, davlat soliq organlariga yuklangan vazifalarning bajarilishini ta’minlashga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.
Davlat soliq organlarining inspektorlar tarkibi lavozimlari o‘rta maxsus darajadan kam bo‘lmagan iqtisodiyot, moliya yoki yuridik ixtisoslik bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar tanlov asosida ishga qabul qilinadi.