TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markaziga qo‘yidagi lavozimlarga nomzod talab etiladi, deb xabar qildi prokuratura matbuot-xizmati.
Kreativ muharrir — kreativ yechim va tezkorlik, sharx, reportajlar tayyorlashda va intervyu hamda "davra suhbat"lari o‘tkazishda tahliliy yondashuv; matnlar, intervyu va suhbatlarni tahrir qilish; tillarni mukammal bilish; telejurnalistika sohasida malakali tajribaga ega bo‘lish; kompyuter savodxonligi — oylik ish haqi miqdori 3 mln. so‘mdan 4 mln. so‘mgachani tashkil qiladi.
Teleboshlovchi — san’atkorlik va improvizatsiya mahorati; kadrda va kadr ortada ishlash qobiliyati; bekamiko‘st talaffuz va suxandonlik xususiyatlariga ega bo‘lish; ommaviy tadbirlar va televideniyeda chiqish tajribasi; kompyuter savodxonligi — oylik ish haqi miqdori 2 mln. 300 ming so‘mdan 3 mln. 300 ming so‘mgachani tashkil qiladi.
Murojaatlar Etnos08@mail.ru elektron manzili bo‘yicha qabul qilinadi.
"Yoningizda pasport va rezume bo‘lishi shart. Nomzodlar bilan suhbat 2018-yil 24-yanvar kuni soat 18.00 da O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi binosida o‘tkaziladi", — deyilgan xabarda.