O‘zbekiston va Britaniya ikki tomonlama soliqqa tortmaslikka kelishib olishdi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya orasida 24-yil oldin imzolangan Konvensiyaga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritildi.
Sputnik

TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Chorshanba kuni Londonda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya va Irlandiya qirolligi orasida ikki tomonlama soliqqa tortishdan voz kechish va soliqdan qochishni oldini olish haqidagi Konvensiyaga kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalar Protokolini imzolash rasmiy marosimi bo‘lib o‘tdi.

Salom, London: O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasida viza olish tartibi soddalashtiriladi

Ushbu Konvensiyaning o‘zi O‘zbekiston va Buyuk Britaniya orasida bundan 24-yil oldin — 1993-yil 15-noyabrda imzolangan edi.

Britaniya tomonidan ushbu hujjat Moliya vaziri o‘rinbosari, Soliq va Bojxona xizmati rahbari Mel Strayd tomonidan, O‘zbekistondan esa — Moliya vaziri o‘rinbosari, Xaznachilik boshlig‘i Dilshod Sattarov tomonidan imzolandi.

Konvensiya protokoliga xalqaro huquq talablariga mos keladigan, soliq shaffofligini ta’minlaydigan yangi bandlar kiritildi. Hujjatda, shuningdek, ikki mamlakat soliq organlari orasida ma’lumot almashishning samarali mexanizmlarini kengaytirish, soliqdan qochish va boshqa moliyaviy huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan.

Shu bilan bir vaqtda xalqaro shartnoma O‘zbekiston va Britaniya orasida savdo-iqtisodiy va investitsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya diplomatik aloqalarning 25-yilligini nishonlayapti

Suhbat davomida Mel Strayd bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlarni, jumladan moliya va banklar tizimidagi yangiliklarni yuqori baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Britaniya tomoni va ishbilarmon davralari Respublikada yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlardan hamda yangi imkoniyatlar paydo bo‘layotganidan ruhi ko‘tarilgan.

Tomonlar Moliya sohasida xorijiy sarmoyalarni jalb qilgan holda, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish imkniyatlarini muhokama qilishdi.Shuningdek yuqori malakali kadrlar tayyorlashda Britaniya OTMlari bilan hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

"Jahon" axborot agentligi xabariga asosan.