O‘zbekistonda hafta oxirida havo harorati 18 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekiston bo‘ylab havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Hafta oxiriga kelib 18 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, respublikada 25-28 yanvar kunlari ob-havo bashorati ma’lum qilindi.

Chimon vohasida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-28 yanvarda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq; 26-yanvarda kechasi 3-8o sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq; 27-yanvarda kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq; 28-yanvarda kechasi 13-18 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-28 yanvarda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-yanvarda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 9-14 daraja iliq; 26-yanvarda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq; 27-yanvarda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq; 28-yanvarda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida 25-yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi; 26-28 yanvarda kechasi 13-18 daraja sovuqgacha, kunduzi 5-10 daraja sovuqgacha pasayadi.

FVV kuchli sovuq bo‘lishi sababli Qozog‘istonga yo‘lga chiqmaslikka chaqirmoqda

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-28 yanvarda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-yanvarda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 9-14 daraja iliq; 26-yanvarda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq; 27-yanvarda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq; 28-yanvarda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27-28 yanvarda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-26 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq; 27-yanvarda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq; 28-yanvarda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.

O‘zbekistonga Kavkaz mintaqasidan nam va sovuq havo oqimlari kirib keladi

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-26 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi; 27-28 yanvarda kechasi 3-8 daraja sovuqgacha, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliqgacha pasayadi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-28 yanvarda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-yanvarda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi, 26-28 yanvarda kechasi 12-17 daraja sovuqgacha, kunduzi 5-10 daraja sovuqgacha pasayadi.

O‘zbekiston FVV tomonidan bo‘ron bo‘lishi haqida ogohlantirish berildi.