O‘zbekistonga Kavkaz mintaqasidan nam va sovuq havo oqimlari kirib keladi

Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga sovuq havoning kirib kelishi natijasida havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliqdan 3 daraja sovuqqacha pasayishi va yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda

TOShKENT, 3 yanv – Sputnik. 4-5 yanvar kunlari Kavkaz mintaqasidagi nam va nisbatan sovuq havo oqimlari O‘zbekiston hududiga kirib kelishi kuzatiladi. Bu haqda O‘zgidromet ma’lumotiga tayanib FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga sovuq havoning kirib kelishi natijasida havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliqdan 3 daraja sovuqqacha pasayishi va yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda.

Qamchiq dovonida ob-havo o‘zgaruvchan, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, havo harorati kechasi 3-8 darajagacha sovuq, kunduzi 0-5 darajagacha sovuq bo‘ladi.

FVV Qamchiq dovoni bo‘ylab harakatlanadigan transport vositalari haydovchilarini ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirmoqda hamda zarur hollarda dovonda tashkil etilgan tunu kun faoliyat ko‘rsatuvchi postlarga murojaat qilish mumkinligini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0