Retseptlarni elektron shaklda to‘ldirish tizimi joriy etiladi

Bu 2018-yil 30-mart sanasigacha qabul qilinishi rejalashtirilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasida ko‘zda tutilgan
Sputnik

TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Farmoni bilan qabul qilingan "Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili" Davlat dasturiga muvofiq, shifokorning kasbiy xatosini aniqlashning ta’sirchan tizimini joriy etish belgilangan, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Mirziyoyev 2018-yil uchun Davlat dasturini tasdiqladi
2018 yil 30-mart sanasigacha qabul qilinishi rejalashtirilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasida:

har bir tibbiyot muassasasida bemorlarning shifokor kasbiy xatosidan xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha doimiy ekspert guruhlarini tashkil etish;

tibbiyot xodimlarining xatosi oqibatida yetkazilgan zarar to‘g‘risida sog‘liqni saqlash organlariga xabar qilish, ularni ko‘rib chiqish va xizmat tekshiruvini o‘tkazish tartibi;

Uch opa-singil farmatsevt xatosi tufayli halok bo‘lgan - Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimi
xatosini o‘z vaqtida va ixtiyoriy tan olgan, yetkazilgan zararni qoplagan tibbiyot xodimini ayrim salbiy oqibatlardan ozod etish;

tibbiyot xodimlari yo‘l qo‘ygan xatolar haqida jabrlangan shaxslarga ma’lumot berish, ularni hisobga olish va xatolarning oldini olish tizimini yaratish;

birlamchi tibbiy hujjatlarni, jumladan retseptni elektron shaklda to‘ldirishni (qo‘lozma usulidan to‘liq voz kechgan holda) joriy etish va uni tegishli dorixonadagi ma’lumotlar bazasiga joylashtirishni ta’minlaydigan axborot tizimini bosqichma-bosqich amalga kiritish nazarda tutiladi.