Sitsiliyada 50 dan ortiq mafiya hibsga olindi

Agrijento tarixida eng yirik bo‘lgan ushbu operatsiyaga 400 nafar huquq tartibot organlari xodimlari, shuningdek, vertolet va kinologlar bo‘linmalari jalb qilingan
Sputnik

TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Italiya ega bo‘lgan 4 turdagi harbiy kuchlarning biri — karabinerlar Sitsiliya mafiyasi bo‘lmish "Koza nostra"ga qarshi kurash doirasida olib borilayotgan yirik operatsiya davomida 50 dan ortiq shaxsni hibsga oldi, ular orasida Agrijento provinsiyasidan 16 mafiya oilalari va San-Byadjio-Platani shahri meri ham bor, deb xabar berdi RIA Novosti.

Ispaniyada “rus-gruzin” mafiyasi a’zolari ustidan sud boshlandi
Hibsga olingan 56 shaxsga nisbatan, mafiya uyushmalarini tuzish, mahalliy firmalarga nisbatan ko‘plab marotaba tovlamachilik harakatlarini sodir etish, narkotrafikda ishtirok etish singari ayblovlar qo‘yilmoqda, deb bayonot bergan karabinerlar.

"Oilalar" egalik qilgan yettita kompaniya davlat hisobiga o‘tkazilgan, o‘nlab tintuv ishlari amalga oshirilgan.

Qo‘lga olinganlar orasida — 3 ming aholiga ega bo‘lgan kichik shaharcha — San-Byadjio-Platani meri Santo Sabella ham bor. Tergovchilarga ko‘ra, Santo Sabella ushbu lavozimni "Koza nostra"dagi aloqalari tufayli qo‘lga kiritgan va buning evaziga u davlat pudratidan ularga o‘rin ajratishga va’da bergan bo‘lishi mumkin.

Agrijento tarixida eng yirik bo‘lgan ushbu operatsiyaga 400 nafar huquq tartibot organlari xodimlari, shuningdek, vertolet va kinologlar bo‘linmalari jalb qilingan.