Samarqandda to‘xtatilgan avtomobil yo‘lovchisi IIB xodimiga hujum qildi

2018 yil 14-yanvar kuni internetda Samarqand shahrida yo‘l-patrul xizmati xodimlari bilan avtomobil haydovchisi o‘rtasida bo‘lgan janjal holati videotasviri joylashtirilgan
Sputnik

TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Samarqand shahrida yo‘l-patrul xizmati xodimlari bilan avtomobil haydovchisi o‘rtasida bo‘lgan janjal holati bo‘yicha tekshiruv o‘tkazildi, bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.

IIBB mardikor ayollarni urib, shilayotgan militsiya xodimlari haqidagi xabarga raddiya berdi

Xabarda aytilishicha, 2018-yil 14-yanvar kuni internetda Samarqand shahrida yo‘l-patrul xizmati xodimlari bilan avtomobil haydovchisi o‘rtasida bo‘lgan janjal holati videotasviri joylashtirilgan.

Ushbu holat tezkorlik bilan o‘rganilganda, 30 K 977 YeA davlat raqamli Neksiya avtomashinasi haydovchisi Ishtihon tumani "O‘rtaqishloq" MFY "Yangiravot" qishlog‘ida yashovchi Umarov Davron Eshpo‘latovich yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, avtomashinani boshqargan.
Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining qonuniy talablariga itoat qilmasdan harakatni davom ettirib, yo‘ldagi tirbandliklardan o‘tib ketish imkoniyati bo‘lmaganidan majburan to‘xtagan.

Ushbu joyga yetib kelgan YPX xodimlari haydovchi D.E.Umarovdan avtomobil salonidan spirtli ichimlik xidi kelganligi tufayli ruldan tushib hujjatlarni taqdim qilishini so‘ragan.

Toshkentdagi qonuniy "mardikor bozor"lar va u yerdagi shart-sharoitlar haqida

Shu vaqt avtomashina salonida o‘tirgan Qo‘shrabod tumani "Oqtepa" QFY "Shavona" qishlog‘ida yashovchi yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 1992-yilda tug‘ilgan Toshpulatov Saloxiddin Annaqul o‘g‘li YPX katta inspektori Shoxrux Mamatovni oldiga kelib, hech bir sababsiz unga musht tushirgan va oyoqlari bilan tepgan.

Voqea joyiga narad chaqirilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Ekspertiza xulosalariga asosan haydovchi D.E.Umarov spirtli ichimlik iste’mol qilganligi va katta inspektor Sh.U.Mamatovga tan jarohati yetkazib, ichki ishlar xodimlarining qonuniy talabiga itoat qilmaganligi uchun to‘plangan materiallar qonuniy hal qilinishi uchun prokuratura organlariga yuborildi.