TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. chet elda yashab kelayotgan vatandoshlar bilan aloqa o‘rnatishga katta e’tibor qaratamiz. Ularni mamlakatda amalga oshiriladigan keng ko‘lamli islohotlarga jalb qilamiz, deb ta’kidladi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Saidikram Niyazxodjayev 2018-yil 16-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga bag‘ishlangan brifingida.
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari O‘zbekistonning o‘tgan yilda erishgan eng katta yutug‘i sifatida quyidagilarni e’tirof etdi:
1. Markaziy Osiyo davlatlari va Afg‘oniston Islom respublikasi bilan munosabatlarda shakllantirilgan yangi siyosiy muhit;
2. Dunyo va mintaqaning yetakchi davlatlari bilan strategik sherikchilik munosabatlari yangi sifat darajasiga ko‘tarilgani, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar bilan hamkorlik jadallashgani;
4. Mamlakat tashqi siyosati milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi masalalarni kengaytirgani;
5. O‘zbekiston Tashqi siyosatda chet eldagi fuqarolari manfaatlarini himoyalashga qaratilganini.
"Umuman olganda dunyo bugun O‘zbekistonning yangicha: ochiq, yangilangan va jadal rivojlanayotgan qiyofasini ko‘rdi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Parlamentga yo‘llagan murojaatlarida to‘g‘ri qayd etdilar, erishilgan natijalar o‘z-o‘zini tinchlantirish uchun asos yoki bahona bo‘la olmaydi. Biz uzoq davom etadigan yo‘l boshidamiz. Xalqimiz farovonlinigini ta’minlash uchun ko‘plab masalalarni yechishimiz talab etiladi hali", — dedi vazir o‘rinbosari.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston 2018-yilda barcha davlatlar, eng birinchi navbatda qo‘shni davlatlar, va yaqin hamda uzoq xorij mamlakatari bilan do‘stlikka asoslangan, o‘zaro manfaatli munosabatlarni faollashtiradi. Chet eldagi O‘zbekiston fuqarolari haq-huquqlari va manfaatlari himoyasini kuchaytirish maqsadida kompleks-chora tadbirlar qabul qilinadi. Mavjud konsullik muassasalari faoliyati kengaytiriladi va yangilari ochiladi.
Xizmatlar taqdim etish elektron formatga o‘tkaziladi.
"Chet elda yashab kelayotgan vatandoshlar bilan aloqa o‘rnatishga katta e’tibor qaratamiz. Ularni mamlakatda amalga oshiriladigan keng ko‘lamli islohotlarga jalb qilamiz. Shu munosabat bilan chet davlatdagi vatandoshlar bilan hamkorlik qilish borasida davlat siyosati konsepsiyasi yaratilmoqda. Shu bilan bir qatorda mavjud kamchiliklar tahlil qilinmoqda, Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini tubdan takomillashtirishga qaratilgan qator normativ huquqiy aktlar tayyorlanmoqda", — dedi Niyazxodjayev.