Prezident virtual qabulxonasi onlayn ishlaydi

Yangilangan Virtual qabulxona 2018-yilning 20-iyuniga qadar Axborot texnologiyalari vazirligi tomonidan to‘la shakllantirilishi belgilangan
Sputnik

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. 2018-yilning 9-yanvar kuni umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan, 237 banddan iborat bo‘lgan "Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili" davlat dasturi loyihasining 26-bandida Prezidentning yangilangan Virtual qabulxonasi haqida so‘z boradi.

Virtual qabulxonaga 1 millionta murojaat tushdi
Unda aholiga onlayn maslahat berish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yangilangan Virtual qabulxonasini joriy etish ta’kidlangan.

Yangilangan Virtual qabulxona 2018-yilning 20-iyuniga qadar Axborot texnologiyalari vazirligi tomonidan to‘la shakllantirilishi belgilangan.

Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yangilangan Virtual qabulxonasi dasturiy ta’minoti takomillashtirilib, unda aholiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn maslahatlar berish imkoniyati yaratiladi.