O‘zbekistonda monopoliyaga qachon barham beriladi - Bosh vazir o‘rinbosari javobi

Bosh vazir o‘rinbosari Suxrob Xolmurodovga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti tarmoqlari o‘zining aniq taraqqiyot rejalariga ega bo‘lsagina, monopoliya yo‘qotilishiga erishiladi
Sputnik

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Davlatning monopoliyani saqlab turish niyati yo‘q, lekin hozirgi kunga qadar tarmoqlarning taraqqiyot bo‘yicha aniq rejalari yo‘q edi, deb ta’kidladi juma kuni jurnalistlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Suxrob Xolmurodov.

"2018 yildagi vazifa — har bir tarmoq u nimani xohlashini bilishida", deb alohida qayd etdi Xolmurodov.

Yevropa investitsiya banki O‘zbekiston bozoriga kirishga tayyor
"Biz hammamiz investitsiyalar ahamiyatini yaxshi tushunamizYu bilamiz, ha, hozirda haqiqatda ko‘plab loyihalar davlat obyektlarini qisman yoki to‘liq xususiylashtirilishiga qaratilgan. Lekin dastlabki bosqichda, qayta qurish davrida davlat aniq bir tarmoqlarni o‘zida qoldirishi kerak, bu mening fikrim, davlat ma’lum bir tarmoqlarga egalikni saqlab qolishi darkor, busiz bo‘lmaydi, ko‘plab mamlakatlar tajribasi xuddi shunday. Vaqt keladi, ma’lum bir tarmoqni xususiylashtirish kerak bo‘ladi, lekin bu biz shunga tayyor bo‘lganimizda amalga oshiriladigan ish. Meni fikrimcha, biz hozir bunga tayyor emasmiz. Biz yo‘lning boshidamiz", — deya o‘z fikrlarini bayon etdi Xolmurodov.

Suxrob Xolmuradov chet el sarmoyadorlarining biznes-aktivlari dahlsizligi haqidagi savolga ham izoh berib o‘tdi.

"O‘zbekistonning kelajagini chet el investitsiyalarisiz tasavvur qilish qiyin, va biz buni hozir yaxshi anglaymiz. Agar biz chet ellik sarmoyadorlar ishonch bildiradigan investitsiya muhitni yuzaga keltirmas ekanmiz, bularning barchasi befoyda.

Orqaga yo‘l yo‘q. O‘zbekistonning investitsiyaviy muhiti faqat takomillashtiriladi va tegishli qonunchilikning barchasi shu tarzda qabul qilinadiki, O‘zbekistonda investordan hech kim hayotda hech narsani tortib olmaydi, bu endi mumkin emas", — deb bayonot qildi Bosh vazir o‘rinbosari.