O‘zbekistonga import qilingan benzin kerakmi?

Bugun Toshkentda import qilingan Ai-95 va Ai-98 markali benzin sotilishi boshlandi. Bu benzin narxi bir litrga 8500 va 9000 so‘mni tashkil qilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. O‘zbekistonlik haydovchilari orasida bu 2 baravar qimmat bo‘lgan yonilg‘i xaridorbop bo‘ladimi. Buni Sputnik muxbirlari o‘rganib chiqishga harakat qilishdi.

O‘zbekistonda Rossiya benzini sotuvi boshlandi

Yonilg‘i ko‘p bo‘lmaydi

Ilgari O‘zbekiston haydovchilarini yuqori oktanli benzin bilan hech qachon siylashmagan. Hamma 80-m benzinga ham xursand bo‘lib, lekin avtomobil yonilg‘i tanlash imkoniyati uncha katta emasligidan nolib kelishgan. Faqatgina ayrim shoxobchalarda sifatli Ai-91 markali benzin taklif qilingan, uni ham topish uchun ancha muncha harakat qilish kerak edi. Ushbu xildagi benzin kamligi tufayli har doim tez tugab qolardi, yoki umuman bo‘lmas edi.

Endi esa vaziyat umuman o‘zgardi. Haydovchilarga o‘zlarining "temir otlari"ga yonilg‘ining keng tanlovi takliflar qilindi. Poytaxtda Jizzakh Petroleum korxonasiga qarashli Bog‘ishamol, Axmad Donish, Olmazor tumanidagi Kichik halqa yo‘li va Qushbegi manzilida joylashgan 4 ta yonilg‘i qo‘yish shoxobchasida tunu kun import qilingan benzin sotilishi yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari, birinchi bosqichda "Yevro-5" dizel yonilg‘isi sotilishi ham boshlab yuborildi, u haqda oldinlari hech kim eshitmagan.

Jizzakh Petroleum AYoQShda import benzin 10-yanvardan sotila boshlaydi - OAV

Oktanli benzinni kim oladi?

Sputnik O‘zbekiston muxbirlari bugun shu yonilg‘i qo‘yish shahobchalarida bo‘lib, ushbu narxi qimmat bo‘lgan benzinga uncha talab yo‘qligiga amin bo‘lishdi. Ma’lum bo‘lishicha, odamlar qimmat yoqilg‘i uchun pul to‘lashga tayyor emas. Tashqaridan qaraganda shoxobchalarda bunday vaziyat: shahobcha deyarli bo‘sh, go‘yoki umuman ishlamayotganga o‘xshadi. Ba’zi paytda xorijda ishlab chiqarilgan mashina yonilg‘i quyish uchun kirib chiqmoqda.

Shoxobcha xodimlari so‘zlariga qaraganda, ertalabdan ular Ai-95 markali benzinni atigi 300 litrini sotishgan. Dizel yoqilg‘i va 98-chi benzin hozircha yo‘q, ularni olib kelish ertaga kutilmoqda.

Avtozapravochnaya stansiya v Tashkente

"Ko‘pchilik kim bugun odatiy 80-chi quyish uchun kelganlarga, endi biz import qilingan yonilg‘ini sotishni boshlaganimizni tushuntirdik. O‘ylaymanki, endi tez yurar mashinalar egalari mijozlarimiz bo‘ladi. Bu ko‘pincha chet elda ishlab chiqarilgan mashinalardir. Ularning puli ham ko‘p, oddiy avtomobillarga yuqori oktanli benzin quyish shart emas. Bu markali benzin yuqori darajali bosimga ega bo‘lgan dvigatellarga mo‘ljallangan. Shuning uchun, masalan AI-98 markali benzin oddiy transport vositalarga quyish maqsadga muvofiq emas", — deb ta’kidladi suhbatdoshimiz.

80-chi benzinga hali yuguramiz

Bu yangilikka ijtimoiy tarmoqlarda zudlik bilan munosabat berishdi. Masalan, O‘zbekiston haydovchilari Facebook guruhlari turli mazmundagi izohlar to‘lib ketdi. Kimdir har doim tanlash imkoniyati bo‘lishi kerakligi va narxi qimmat bo‘lgan va sifatli benzin sotilishi tashkil etish bo‘yicha hukumat qarorini qo‘llab-quvvatlashgan. Boshqa mushtariylar esa ushbu tashabbusga tanqidiy munosabat bildirishdi.
"Endi odatiy Ai-80 benzin ham yo‘qolishi mumkin. Oldinlari 80-chi benzin bo‘yicha ham hamma noligan, mashina tortmayapti, dvigatel "yo‘talyapti" deb, hali uni orqasidan yugurib qolamiz", — deb yozgan guruh a’zolaridan biri.

"Temir otlarga" import qilingan benzin quygan kishilar mamnun ekanliklarini izhor etilgan.

Avtozapravochnaya stansiya v Tashkente

"Endi menda avtomobil emas, samolet. Men 95-chida uchayapman. Dvigatel shovqini umuman eshitilmayapti. Mening otim bunga qodirligini bilmagan ekanman. Ana zo‘r yonilg‘i", — deb yozgan mushtariy.

Quyish yoki quymaslik?

Bugungi kunda haydovchilar orasida har xil fikrlar yuribti. Masalan, Ai-95 yoki Ai-98 markali benzin ko‘yilsa, birinchidan oddiy yonilg‘idan farqli ravishda kamroq yonilg‘i harajat qilishda iqtisod qilish mumkinligi, ikkinchidan yonilg‘i tizimini tozalash va motor ishlashiga yordam berish mumkinligini aytishmoqda. Bular qanchalik to‘g‘riligiga endi har bir haydovchi o‘zi uchun tekshirishi mumkin.

Ai-95 va Ai-98 markali import benzin qayerda bor?

Ta’kidlab o‘tamizki, respublikada keyinchalik Jizzakh Petroleum QK tarmoq yoqilg‘i quyish shoxobchalari ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Bu shahobchalar Ai-92, Ai-93, Ai-95 va Ai-98 markali benzin, shuningdek Yevropa sifat va standartlariga javob beradigan dizel yonilg‘isi erkin tijorat narxlarda sotilishiga ixtisoslashgan bo‘ladi. Mahsulotlar nafaqat shoxobchalar orqali sotiladi, balki to‘g‘ridan to‘g‘ri oldi-sotdi shartnomalar va birja savdolari orqali ham sotuvga chiqariladi.