O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari bir oy vizasiz yurishi mumkin

Yaqin orada fuqarolarning o‘zaro tashriflari bo‘yicha yangi hujjat tasdiqlanadi. Unga ko‘ra ikki davlat fuqarolar bir oy davomida vizasiz yurishlari mumkin
Sputnik

TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston viza va chegara bo‘yicha muammoli masalalar bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Tojikiston va O‘zbekiston Farhod GESi borasida kelishuvga erishdi

"Tojikiston va O‘zbekiston viza munosabatlari va davlat chegarasi uchastkasi — Farxod GES joylashgan hudud bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Erishilgan kelishuvlarga asosan yaqin orada Tojikiston va O‘zbekiston "Fuqarolarning o‘zaro safari to‘g‘risida"gi yangi hujjatga imzo chekadi. Unga ko‘ra, ikki davlat fuqarolari O‘zbekiston va Tojikistonda 1 oy muddat viza olmasdan yurishi mumkin", — deyilgan Tojikiston telegraf agentligi xabarida.

Bundan tashqari tomonlar yaqin orada yo‘lovchi poyezd va avtobus qatnovlari hamda ikki davlat o‘rtasida yangi chegara nazorat o‘tish nuqtalari ochishga kelishib olgan.

Chegara masalasida, tomonlar Farhod GESi joylashgan hudud Tojikiston hududi deb tan olinishi, obyekt esa O‘zbekiston mulki hisoblanishiga kelishishdi.

Obyektni Tojikiston tomoni qo‘riqlaydi, unga texnik xizmat ko‘rsatish bilan esa O‘zbekiston shug‘ullanadi.

Abdulla Aripov Tojikiston prezidenti bilan uchrashdi

Eslatib o‘tamiz, ikki davlat o‘rtasida 25-yil ichida muntazam ravishda kelishmovchiliklar bo‘lib kelgan. Rasmiy Dushanbe O‘zbekiston hukumatini temir va avtomobil yo‘llarini to‘sishida ayblasa, Toshkent, o‘z navbatida, Rog‘un GESi uchun Tojikiston hukumatini tanqid qilib kelgandi. Xususan, GES qurilishi respublikaning qishloq xo‘jaligiga jiddiy ziyon yetkazishi ma’lum qilgandi. 2001-yilda birinchi bo‘lib O‘zbekiston, keyinchalik Tojikiston ikki davlat o‘rtasida viza tartibi joriy etishgan.

O‘zbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev birinchi navbatda tashqi siyosat yo‘nalishida qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarni yaxshilashga kirishdi, shu jumladan Tojikiston bilan munozarali masalalar bo‘yicha.