Abdulla Aripov Tojikiston prezidenti bilan uchrashdi

© Press slujba prezidenta RTVstrecha prezidenta Tadjikistana Emomali Raxmona s premyer-ministrom Uzbekistana Abdulloy Aripovim
Vstrecha prezidenta Tadjikistana Emomali Raxmona s premyer-ministrom Uzbekistana Abdulloy Aripovim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuv davomida savdo cheklovlarini bartaraf qilish bilan bog‘liq masalalar, fuqarolarning harakatini soddalashtirish, tovarlarni tashish uchun ta’riflarni kamaytirish, ikki mamlakatni bog‘lab turuvchi mavjud yo‘llarni reabilitatsiya qilish, davlat chegaralari bilan bog‘liq ko‘plab masalalar bo‘yicha kelishib olindi

TOShKENT, 10 yanv – Sputnik. Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Dushanbega rasmiy tashrif bilan borgan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovni qabul qildi. Bu haqda Tojikiston prezidentining matbuot xizmati ma’lum qildi.

Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov pribil s rabochim vizitom v Kirgizstan - Sputnik O‘zbekiston
Abdulla Aripovning Dushanbega qachon tashrif buyurishi ma’lum bo‘ldi

"Suhbatdoshlar Tojikiston poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan tojik-o‘zbek hukumatlararo komissiyalarining yig‘ilishlari mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar”, — deyiladi xabarda.

Uchrashuv davomida savdo cheklovlarini bartaraf qilish bilan bog‘liq masalalar, fuqarolarning harakatini soddalashtirish, tovarlarni tashish uchun ta’riflarni kamaytirish, ikki mamlakatni bog‘lab turuvchi mavjud yo‘llarni reabilitatsiya qilish, davlat chegaralari bilan bog‘liq ko‘plab masalalar bo‘yicha kelishib olindi.

Shuningdek, suv va energetika masalasi, terrorizm, ekstremizm va transmilliy jinoyatlarning turli ko‘rinishlariga qarshi birgalikda kurashish masalalari ham muhokama qilindi.

Yangiliklar lentasi
0