Jizzakh Petroleum AYoQShda import benzin 10-yanvardan sotila boshlaydi - OAV

O‘zbekistonda 10-yanvardan to‘rtta Jizzakh Petroleum avtomobilarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari o‘z faoliyatini boshlaydi
Sputnik

TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Jizzakh Petroleum​ qo‘shma korxonasi Toshkentda avtomobillarga import bo‘yicha olib kelingan yoqilg‘ilarni sotuvchi AYoQSh tarmog‘ini ishga tushiradi, deb xabar bermoqda O‘zbekistondagi mahalliy OAVlar.

O‘zbekistonda benzin taqchilligiga barham berish uchun 250 mln $ ajratildi
Dastlabki bosqichda Ai-95 (1 litri uchun 8500 so‘m narx bilan) va Ai-98 markazli benzin (1 litri uchun 9000 so‘m narx bilan) hamda dizel yoqilg‘i (litri 8500 so‘m) savdoga chiqarilishi kutilmoqda.

Benzinlarni yetkazib berish oyda bir marta amalga oshiriladi.

Ma’lum qilinishicha, 2018-yil 10-yanvardan boshlab ilk AYoQSh punktlari Toshkent shahri Yakkasaroy tumani joylashgan Qushbegi dahasi, Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasi, Ahmad Donish ko‘chasi, Olmazor tumani Kichik halqa yo‘li ko‘chasida ish boshlashi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, "O‘zbekneftgaz" kompaniyasi matbuot xizmati Jizzakh Petroleum​ QK ishga tushishi haqida ma’lum qilgandi.

2017 yil aprel oyida esa Jizzax viloyatida qiymati 2,2 mlrd AQSh dollariga teng neftni qayta ishlash majmuasi qurilishi boshlangan.

Jizzax neftni qayta ishlash zavodini 2017-yil iyunda "O‘zbekneftgaz" (QKdagi ulushi 60 %) va Gas Project Development Central Asia​ (Gazprom International ​sho‘ba tuzilmasining ulushi 40%) ishtirokida tuzilgan Jizzakh Petroleum​ QK boshqaradi.