TOShKENT, 6 dek — Sputnik. 2017-yil 28-dekabrda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekkino" Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qarori qabul qilindi.
Agentlik tizimiga kiruvchi:
"O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi" MChJni "Hujjatli filmlar kinostudiyasi" Davlat unitar korxonasiga aylantiriladi. "Yoshlar tajriba-ijodiy 5-studiyasi" Davlat korxonasini "Yoshlar ijodiy tajriba studiyasi" Davlat unitar korxonasi sifatida qayta nomlash ko‘zda tutilgan.
Qarorda, "O‘zbekkino" Milliy agentligi — kinematografiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanishi alohida qayd etilgan va uning tashkiliy tuzilmasi, Nizomi, O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi Ustavi tasdiqlangan.
Ushbu qarorning qabul qilinishi bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotdi, deyilgan "O‘zbekkino" xabarida.