Ikki yuz ellik ming so‘m: Mirziyoyev go‘shtning haqiqiy narxini aytdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev go‘shtning haqiqiy narxi 250 ming so‘m ekanligini, ammo narx amallab ushlab turilgani haqida aytgan
Sputnik

TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-yanvar kuni Toshkent viloyatiga amalga oshirgan tashrifi davomida xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida, nutq so‘zlagan.

Yozilishi - 25 ming, sotilishi - 33 ming: Yunusobod go‘sht bozoridagi ahvol
Mahalliy OAVlarning yozishicha, Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqi davomida Toshkent viloyatidagi go‘sht tanqisligi masalasiga ham to‘xtalib o‘tgan.

"Hozirgi devalvatsiya sharoitida 1 kilogramm go‘shtning narxi aslida 250 ming bo‘lishi kerak. Hozir amallab narxni ushlab turibmiz", — degan Mirziyoyev.

O‘zbekiston rahbari Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida yiliga 12 ming tonna baliq tayyorlaydigan baliqchilik xo‘jaligi barpo etilishi rejalashtirilgani, bu orqali go‘sht narxi ma’lum darajada ushlab turilishini qo‘shimcha qilgan.