Vladivostokda O‘zbekiston fuqarolarining jasadlari topildi

Shu vaqtga qadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ikki erkak kichik pechkadan chiqqan gaz hididan zaharlanib o‘lgan
Sputnik

TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Vladivostokdagi Lazurnaya ko‘rfazida joylashgan kafelarning birida o‘zbekistonlik ikki nafar migrant jasadlari aniqlangan. Bu haqda Deita.ru portali xabar bermoqda.

Toshkentda Ishchi migrantlarga huquqiy yordam ko‘rsatish assotsiatsiyasi vakolatxonasi ochildi
Ma’lum bo‘lishicha, erkaklarning tanalari podsobkadan topilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, politsiya ayni vaqtda halok bo‘lgan erkaklarning shaxsini aniqlagan. Ular 40 va 54 yoshdagi O‘zbekiston fuqarolari ekanligi aytilmoqda.

Shu vaqtga qadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ikki erkakning bevaqt o‘limiga kichik pechkadan chiqqan gaz hidi sabab bo‘lgan.

Ayni vaqtda fojia yuzasidan tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda. Hodisa qay holatda yuz bergani huquq-tartibot organlari xodimlari tomonian aniqlanmoqda.