Yuridik shaxslar uchun daromad soliqlari umumlashtirildi

Olinish bazasi bir xil bo‘lgan daromad solig‘i (7,5%) va obodonlashtirish solig‘i (8%) - yagona daromad solig‘i (14%) sifatida umumlashtirildi.
Sputnik

TOShKENT, 5 yanv – Sputnik. O‘zbekistonda 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab yuridik shaxslar uchun daromad solig‘i 14%ni tashkil qiladi, deyilgan RIA Novosti xabarida.

“Rasman daromad solig‘i 7,5 %dan 14 %gacha oshirildi, lekin shu bilan birga obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i (8%) bekor qilindi”, — dedi Soliq qo‘mitasi vakili.

Qo‘mita vakili aytishiga qaraganda, o‘tgan yillarda O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi yuridik shaxslar olgan daromadlaridan ikkita soliq to‘lar edilar – daromad solig‘i va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i. Ushbu ikkala soliqlar bazasi bir xil bo‘lgani tufayli, ular yagona daromad solig‘i sifatida umumlashtirildi.

2018 yilda soliq bosimi biroz kamaytirilishi mumkin

Shuningdek, 2018-yilda soliqchilik sohasida yana bir qator o‘zgarishlar kiritildi. Xususan, ommaviy tomoshalar, konsertlar tashkillashtiradigan korxonalar faoliyatidan olinadigan daromad solig‘i 35 %dan 14 %gacha kamaytirildi.

Tijorat banklari  faoliyatidan olinadigan daromad solig‘i esa – 22 % miqdorida saqlab qolindi.

Uyali aloqa sohasida faoliyat yurituvchi korxonalar uchun o‘zgaruvchan daromad solig‘i miqdori ham oshirildi. Xususan, aloqa operatorining rentabellik darajasi 20%dan kam bo‘lsa, u 14 % soliq to‘laydi, rentabellik darajasi 20%dan oshgan taqdirda, oshgan miqdoridan – 50% daromad solig‘i olinadi.

O‘zbekiston iqtisodiy hayotining turli jabhalariga taaluqli o‘zgarishlar 29-dekabr kuni imzolangan 3454-sonli prezident karorida belgilangan.