Vladimir Putin, Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguga, mo‘ljallangan vazifa yakunlanishi munosobati bilan, Rossiya harbiy qo‘shinlarining asosiy qismini Suriyadan olib chiqishga buyruq berdi. Shu bilan bir vaqtda, prezident Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrovga Suriyada tinchlik o‘rnatish borasida diplomatik yo‘nalishdagi faollikni oshirishni topshirdi.