TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Vladimir Putin, Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguga, mo‘ljallangan vazifa yakunlanishi munosobati bilan, Rossiya harbiy qo‘shinlarining asosiy qismini Suriyadan olib chiqishga buyruq berdi. Shu bilan bir vaqtda, prezident Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrovga Suriyada tinchlik o‘rnatish borasida diplomatik yo‘nalishdagi faollikni oshirishni topshirdi.
Davlat rahbarining fikriga ko‘ra, Rossiya o‘z qo‘shnlarini olib chiqishi haqidagi qarori barcha tomonlar uchun ijobiy belgi bo‘ladi va mojaroni tinchlik yo‘li bilan hal qilishga xizmat qiladi.
“Umid qilamanki, bugungi qaror muxolifatda bo‘lgan barcha tomonlar uchun ijobiy belgi bo‘lib, ularning ishonchini oshiradi, va Suriya mojarosini tinchlik yo‘li bilan hal qilishga xizmat qiladi”, — dedi Vladimir Putin Sergey Lavrov va Sergey Shoygu bilan bo‘lgan uchrashuvda. Prezidentning fikriga ko‘ra, harbiy qo‘shnlar oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalar yakunlangan.
“Haqiqatdan ham, qo‘shnlarimizning samarali faoliyati mojaroni tinchlik yo‘li bilan hal qilish uchun asos yaratdi. Suriya Arab respublikasida Rossiya harbiy kuchlari oldiga qo‘yilgan vazifalarning asosiy qismi yakunlandi. Rossiya harbiy kuchlari ishtirokida, Suriyada xalqaro terrorchilikka qarshi kurash yo‘nalishi tubdan o‘zgardi”, — dedi Putin.
Rossiya rahbarining aytishiga qaraganda, Suriyaning Tartus porti va Xmeymim aerodromidagi qo‘shinlarning bir qismi saqlanib qoladi.
“Bizning Tartus portidagi va Xmeymim aerodromidagi harbiy bazalarimiz saqlanib qoladi. Ularning asosiy vazifasi hududni dengiz va havodan ishonchli himoya qilish va kelishilgan tinchlikni saqlash shartlarini amalga oshishini nazorat qilish”, — dedi Vladimir Putin.
Kreml matbuot xizmati xabariga ko‘ra Rossiya prezidenti va Suriya rahbari orsida telefon suhbati bo‘lib o‘tgan.
“Bashar Asad Rossiya qurolli kuchlarining jangovor qobiliyati, botirligi va qaxramonligiga yuqori baho berdi hamda Rossiyaga terrorchilikka qarshi kurashda keng ko‘lamli ko‘magi va tinch aholiga gumanitar yordami uchun o‘zining chuqur minnatdorchiligini bildirdi”, — deyilgan Krmel matbuot xizmati xabarida.
Rossiya Havo-Kosmik kuchlarining terrorchilikka qarshi jangovor operatsiyasi Suriya Arab respublikasida 2015-yilning 30-sentabrda boshlangan edi. O‘tgan davr mobaynidan Rossiya harbiy kuchlari terrorchilarning minglab jangovor obyektlarini, boshqaruv punktlarini, qurol-yarog‘ omborlarini, o‘quv poligonlari va boshqa qurilmalarini yo‘q qildi. Ushbu operatsiya natijasida bugungi kunda Suriya mojarosini tinchlik yo‘li bilan hal qilish uchun ishonchli asos va umid paydo bo‘ldi.