https://oz.sputniknews.uz/20261129/sindarov-gukesh-shaxmat-tuzoq-62379435.html
Sindarov Gukeshning shaxmatdagi tuzog‘ini qanday payqaganini aytdi
Sindarov Gukeshning shaxmatdagi tuzog‘ini qanday payqaganini aytdi
Sputnik O‘zbekiston
Javohir Sindarov Gukesh Dommarajuning to‘rtinchi partiyadagi kutilmagan yurishi zamirida qanday maqsad turganini tezda anglab yetdi. Amerikalik grossmeyster Uesli So o‘zbekistonlik shaxmatchining himoyasini mukammal deb atadi.
2026-11-29T09:25+0500
2026-11-29T09:25+0500
2026-11-29T09:29+0500
shaxmat
javohir sindarov
shveysariya
matbuot-anjuman
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/1d/62379257_363:203:1336:750_1920x0_80_0_0_768f3382d77d590e4da0bc12abd68dd4.png
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov shaxmat bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju to‘rtinchi partiyada tayyorlagan tuzoqni 30 soniyadan ikki daqiqagacha bo‘lgan vaqt ichida anglab yetganini ma’lum qildi.Shveysariyaning Jeneva shahrida jahon chempionligi uchun kechayotgan bahsning to‘rtinchi partiyasida hindistonlik grossmeyster oq donalarda o‘ynadi. U partiyaning to‘qqizinchi yurishida farzinni kutilmagan katakka surib, raqibini qiyin ahvolga solishga urindi.Biroq Sindarov raqibining maqsadini tezda tushunib, tuzoqqa tushmadi.O‘zbekistonlik shaxmatchining ta’kidlashicha, raqib bunday noodatiy yurishni amalga oshirganida uning maqsadini anglash uchun ko‘p vaqt talab etilmaydi.Amerikalik grossmeyster Uesli So ham Sindarovning o‘yiniga yuqori baho berib, uning himoyasini mukammal deb atadi. U Gukesh har bir partiyada o‘yin boshida qiziqarli g‘oyalarni namoyish etayotganini ham ta’kidladi.To‘rtinchi partiyaning 34-yurishida Gukesh hakamni chaqirib, shaxmat taxtasidagi vaziyat uch marta takrorlangani sababli durang qayd etilishini so‘radi.Shu tariqa, to‘rtta partiyadan so‘ng umumiy hisob 2:2 ko‘rinishiga keldi. Chess.com tahliliga ko‘ra, hozirga qadar har ikki grossmeyster birorta ham jiddiy xatoga yo‘l qo‘ymagan.Eslatib o‘tamiz, jahon chempionligi uchun bahs 14 ta klassik partiyadan iborat. Birinchi bo‘lib 7,5 ochko to‘plagan shaxmatchi jahon chempioni bo‘ladi.
https://oz.sputniknews.uz/20261126/sindarov-jahon-chempionat-62297091.html
shveysariya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/1d/62379257_336:0:1336:750_1920x0_80_0_0_6a7d230fc6a2d7ca1db9499aa5d856ae.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shaxmat, javohir sindarov, shveysariya, matbuot-anjuman
shaxmat, javohir sindarov, shveysariya, matbuot-anjuman
Sindarov Gukeshning shaxmatdagi tuzog‘ini qanday payqaganini aytdi
09:25 29.11.2026 (yangilandi: 09:29 29.11.2026) O‘zbekistonlik grossmeyster jahon chempionligi uchun bahsning to‘rtinchi partiyasida raqibi tayyorlagan tuzoqni tezda payqaganini aytdi.
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov shaxmat bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju to‘rtinchi partiyada tayyorlagan tuzoqni 30 soniyadan ikki daqiqagacha bo‘lgan vaqt ichida anglab yetganini ma’lum qildi.
Shveysariyaning Jeneva shahrida jahon chempionligi uchun kechayotgan bahsning to‘rtinchi partiyasida hindistonlik grossmeyster oq donalarda o‘ynadi. U partiyaning to‘qqizinchi yurishida farzinni kutilmagan katakka surib, raqibini qiyin ahvolga solishga urindi.
Gukesh matbuot anjumanida ushbu yurish unga juda yoqqanini va uni shaxmat taxtasida amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘lganidan xursand ekanini aytdi.
Biroq Sindarov raqibining maqsadini tezda tushunib, tuzoqqa tushmadi.
O‘zbekistonlik shaxmatchining ta’kidlashicha, raqib bunday noodatiy yurishni amalga oshirganida uning maqsadini anglash uchun ko‘p vaqt talab etilmaydi.
Amerikalik grossmeyster Uesli So ham Sindarovning o‘yiniga yuqori baho berib, uning himoyasini mukammal deb atadi. U Gukesh har bir partiyada o‘yin boshida qiziqarli g‘oyalarni namoyish etayotganini ham ta’kidladi.
To‘rtinchi partiyaning 34-yurishida Gukesh hakamni chaqirib, shaxmat taxtasidagi vaziyat uch marta takrorlangani sababli durang qayd etilishini so‘radi.
Shu tariqa, to‘rtta partiyadan so‘ng umumiy hisob 2:2 ko‘rinishiga keldi. Chess.com tahliliga ko‘ra, hozirga qadar har ikki grossmeyster birorta ham jiddiy xatoga yo‘l qo‘ymagan.
Beshinchi partiya bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi. Unda Sindarov oq donalarda o‘ynaydi.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionligi uchun bahs 14 ta klassik partiyadan iborat. Birinchi bo‘lib 7,5 ochko to‘plagan shaxmatchi jahon chempioni bo‘ladi.