https://oz.sputniknews.uz/20261129/russia-ukraine-zarba-62383037.html
Uch kunda besh marta: Rossiya Ukraina armiyasi ta’minoti obyektlariga zarba berdi
Uch kunda besh marta: Rossiya Ukraina armiyasi ta’minoti obyektlariga zarba berdi
Sputnik O‘zbekiston
So‘nggi uch kun ichida Ukrainadagi qator sanoat, energetika va transport obyektlari, shuningdek, dengiz kemalariga zarbalar berildi. 29.11.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-11-29T11:06+0500
2026-11-29T11:06+0500
2026-11-29T11:06+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya mudofaa vazirligi
qora dengiz
kema
zaporojye viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/1d/62382717_0:9:1281:729_1920x0_80_0_0_ddeb5366276b3dda9e465df7c7ef9656.jpg
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Rossiya Qurolli Kuchlari bugun tunda Ukraina armiyasi manfaatlari yo‘lida foydalanilayotgan sanoat korxonalari, logistika va transport obyektlari hamda dengiz kemalariga zarba berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.So‘nggi uch kun ichida vazirlik besh marta shunday zarbalar berilganini ma’lum qildi. Xususan, 27 va 28-noyabr kunlari zarbalar nafaqat tunda, balki kunduzi ham berildi.Bugungi tungi zarbalar natijasida quyidagilar zararlangan:Bir kun avvalgi tungi va kunduzgi zarbalar natijasida Ukraina harbiy sanoati korxonalarining ishini ta’minlovchi uchta energetika obyekti, harbiy texnika va qurol-yarog‘ tashishda foydalanilgan to‘rtta temir yo‘l lokomotivi hamda yoqilg‘i saqlash obyekti zararlangan. Dengiz kemalariga ham ikki marta zarba berilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20261128/rossiya-kiev-va-odessadagi-nishonlarga-zarba-berdi-62361477.html
zaporojye viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/1d/62382717_148:0:1132:738_1920x0_80_0_0_5068bb8898d3ff48bc6f0f2ba506e89c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya mudofaa vazirligi, qora dengiz, kema, zaporojye viloyati
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya mudofaa vazirligi, qora dengiz, kema, zaporojye viloyati
Uch kunda besh marta: Rossiya Ukraina armiyasi ta’minoti obyektlariga zarba berdi
So‘nggi uch kun ichida Ukrainadagi qator sanoat, energetika va transport obyektlari, shuningdek, dengiz kemalariga zarbalar berildi.
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Rossiya Qurolli Kuchlari bugun tunda Ukraina armiyasi manfaatlari yo‘lida foydalanilayotgan sanoat korxonalari, logistika va transport obyektlari hamda dengiz kemalariga zarba berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi
xabar berdi.
So‘nggi uch kun ichida vazirlik besh marta shunday zarbalar berilganini ma’lum qildi. Xususan, 27 va 28-noyabr kunlari zarbalar nafaqat tunda, balki kunduzi ham berildi.
Bugungi tungi zarbalar natijasida quyidagilar zararlangan:
Kremenchugda Ukraina armiyasi uchun o‘q-dorilar ishlab chiqarilgan "JTI Ukraine" tamaki fabrikasining sexlari;
Odessada harbiy yuklarni saqlash va taqsimlashda foydalanilgan "Mirs" logistika markazi;
Zaporojyeda harbiy yuklarni tashishda foydalanilgan avtomobil va temir yo‘l ko‘prigi;
Sumi viloyatining Shostka shahrida dronlar ombori.
Shuningdek, Qora dengiz akvatoriyasida Ukraina armiyasi uchun ikki maqsadli yuklarni tashiyotgan quruq yuk kemasiga zarba berildi.
Bir kun avvalgi tungi va kunduzgi zarbalar natijasida Ukraina harbiy sanoati korxonalarining ishini ta’minlovchi uchta energetika obyekti, harbiy texnika va qurol-yarog‘ tashishda foydalanilgan to‘rtta temir yo‘l lokomotivi hamda yoqilg‘i saqlash obyekti zararlangan. Dengiz kemalariga ham ikki marta zarba berilgan.