https://oz.sputniknews.uz/20261129/qisqartirish-mercedes-tolov-62381835.html
Ommaviy qisqartirish: Mercedes ishdan ketishga rozi bo‘lganlarga 422 ming yevrogacha to‘lamoqchi
Ommaviy qisqartirish: Mercedes ishdan ketishga rozi bo‘lganlarga 422 ming yevrogacha to‘lamoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Germaniya avtokonserni xarajatlarni qisqartirish maqsadida 1-dekabrdan ishchilarning o‘z ixtiyori bilan ishdan ketish dasturini boshlaydi. 29.11.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-11-29T10:28+0500
2026-11-29T10:28+0500
2026-11-29T10:34+0500
dunyo yangiliklari
germaniya
avtomobil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/0a/15575757_0:630:2173:1852_1920x0_80_0_0_809b7309a2d2695be711c52093db578b.jpg
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Germaniyaning Mercedes-Benz avtokonserni o‘z ixtiyori bilan ishdan ketishga rozi bo‘lgan ayrim ishchilarga 422 ming yevrogacha kompensatsiya to‘lashni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Handelsblatt nashri.Dastur 2026-yil 1-dekabrdan 2027-yil 30-sentabrgacha amal qiladi. Unda kompaniyaning bevosita ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmaydigan bo‘linmalarida kamida uch yildan ortiq ishlagan 30 mingdan ziyod kishi ishtirok etishi mumkin.Masalan, oylik maoshi 5,5–6,9 ming yevro atrofida bo‘lgan 52 yoshli muhandis qo‘shimcha to‘lovlar bilan birga 422 ming yevrogacha kompensatsiya olishi mumkin.Avtokonsern joriy yilning uchinchi choragida 407 mingdan ortiq yengil avtomobil sotgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8 foizga kam. Yengil avtomobillar bo‘linmasining tuzatilgan operatsion foydasi esa qariyb ikki baravar — 1,14 milliard yevrodan 560 million yevrogacha kamaygan.Kompaniya buni, jumladan, Xitoy bozorida raqobatning kuchayishi bilan izohlamoqda.Noyabr oyida Reuters agentligi Mercedes Germaniyadagi zavodlariga yangi investitsiyalar kiritishni to‘xtatayotgani va ayrim korxonalarini yopish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan edi.Yevropa sanoatidagi muammolarUqori energiya narxlari Yevropa sanoatining boshqa tarmoqlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.Xususan, Niderlandiyadagi Nyrstar metallurgiya korxonasi 30-noyabrdan rux ishlab chiqarishni to‘xtatishini ma’lum qildi. Bunga energiya xarajatlarining yuqoriligi va bozordagi murakkab vaziyat sabab bo‘lgan.Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalar va energetika siyosati doirasida Rossiya suyultirilgan gazi importini 2027-yil boshidan, quvur orqali yetkazib beriladigan gaz importini esa 2027-yil kuzidan to‘liq taqiqlashni rejalashtirgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260909/russia-gaz-france-sanoat-60309444.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/0a/15575757_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_d8ea66db92dd97be70827030475b0ee4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, germaniya, avtomobil
dunyo yangiliklari, germaniya, avtomobil
Ommaviy qisqartirish: Mercedes ishdan ketishga rozi bo‘lganlarga 422 ming yevrogacha to‘lamoqchi
10:28 29.11.2026 (yangilandi: 10:34 29.11.2026) Germaniya avtokonserni xarajatlarni qisqartirish maqsadida 1-dekabrdan ishchilarning o‘z ixtiyori bilan ishdan ketish dasturini boshlaydi.
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Germaniyaning Mercedes-Benz avtokonserni o‘z ixtiyori bilan ishdan ketishga rozi bo‘lgan ayrim ishchilarga 422 ming yevrogacha kompensatsiya to‘lashni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Handelsblatt nashri.
Dastur 2026-yil 1-dekabrdan 2027-yil 30-sentabrgacha amal qiladi. Unda kompaniyaning bevosita ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmaydigan bo‘linmalarida kamida uch yildan ortiq ishlagan 30 mingdan ziyod kishi ishtirok etishi mumkin.
Kompensatsiya miqdori ishchining yoshi, maoshi va mehnat stajiga bog‘liq bo‘ladi. Kelgusi yilning mart oyi oxirigacha ishdan ketishga rozilik bildirganlarga qo‘shimcha mablag‘ to‘lanadi.
Masalan, oylik maoshi 5,5–6,9 ming yevro atrofida bo‘lgan 52 yoshli muhandis qo‘shimcha to‘lovlar bilan birga 422 ming yevrogacha kompensatsiya olishi mumkin.
Avtokonsern joriy yilning uchinchi choragida 407 mingdan ortiq yengil avtomobil sotgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8 foizga kam. Yengil avtomobillar bo‘linmasining tuzatilgan operatsion foydasi esa qariyb ikki baravar — 1,14 milliard yevrodan 560 million yevrogacha kamaygan.
Kompaniya buni, jumladan, Xitoy bozorida raqobatning kuchayishi bilan izohlamoqda.
Noyabr oyida Reuters agentligi Mercedes Germaniyadagi zavodlariga yangi investitsiyalar kiritishni to‘xtatayotgani va ayrim korxonalarini yopish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan edi.
Yevropa sanoatidagi muammolar
Yuqori energiya narxlari Yevropa sanoatining boshqa tarmoqlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Xususan, Niderlandiyadagi Nyrstar metallurgiya korxonasi 30-noyabrdan rux ishlab chiqarishni to‘xtatishini ma’lum qildi. Bunga energiya xarajatlarining yuqoriligi va bozordagi murakkab vaziyat sabab bo‘lgan.
Germaniya kansleri Fridrix Mers iyul oyida ZDF telekanaliga bergan intervyusida Rossiya gazi yetkazib berilmayotgani oqibatida mamlakatda energetika inqirozi davom etayotganini aytgan edi.
Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalar va energetika siyosati doirasida Rossiya suyultirilgan gazi importini 2027-yil boshidan, quvur orqali yetkazib beriladigan gaz importini esa 2027-yil kuzidan to‘liq taqiqlashni rejalashtirgan.