Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Kiyev uchun ogohlantirish: Tramp Rutte bilan qo‘shma bayonotni to‘ldirdi

© AP Photo / Francisco SecoDonald Tramp i Mark Rutte
Donald Tramp i Mark Rutte - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2026
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti NATO bosh kotibi bilan kelishmasdan qo‘shma hujjatni o‘zgartirdi.
TOShKENT, 27 noya – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp NATO bosh kotibi Mark Rutte bilan Ukraina mojarosining kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotini Kiyev uchun ogohlantirish bilan to‘ldirdi.
Payshanba kuni Tramp va Rutte uchrashuvi yakunlari bo‘yicha bayonot e’lon qilindi. Unda ta’kidlanishicha, AQSh prezidenti va NATO bosh kotibi Ukrainadagi vaziyat hamda Rossiya tomonidan “urush ko‘lamini kengaytirishga” olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik muhimligini muhokama qilgan. Keyinroq Amerika rahbari bu ta’rifni to‘ldirib, Ukraina tomonini ham vazminlikka chaqirdi.

“Biz, shuningdek, Rossiya va Ukraina urushning kuchayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday, qasddan yoki bexosdan qilingan harakatlardan tiyilishlari qanchalik muhimligini batafsil muhokama qildik”, - deb yozdi AQSh prezidenti o‘zining "Truth Social" ijtimoiy tarmog‘ida.

Tramp va Rutte o‘rtasidagi uchrashuv chorshanba kuni kechqurun Amerika yetakchisining Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida bo‘lib o‘tdi. Tomonlar Ukrainadagi vaziyat, Eron atrofidagi mojaro, shuningdek, NATOning Gaaga va Anqaradagi sammitlari yakunlari va mudofaa xarajatlarini oshirish masalalarini muhokama qildi, deyiladi qo‘shma bayonotda.
Keyinroq AQSh prezidenti ijtimoiy tarmog‘ida Ruttega Xitoyda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar haqida ma’lumot berganini yozdi.
“Politico” nashrining ismi oshkor etilmagan NATO rasmiysiga tayanib xabar berishicha, qo‘shma bayonotning birinchi varianti Oq uy va alyans tomonidan kelishilgan, AQSh rahbari esa ijtimoiy tarmog‘idagi talqinini mustaqil ravishda va muvofiqlashtirishsiz e’lon qilgan.
Qayd etilishicha, bu holat, jumladan, Trampning Vashingtonning Rossiya hududidagi infratuzilmaga zarba berishga urinishlarni to‘xtatish haqidagi chaqiriqlarini e’tiborsiz qoldirishda davom etayotgan Vladimir Zelenskiydan noroziligini bildiradi.
Flagi SShA i YeS, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Politico: YeI va AQSh o‘rtasida Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishmovchiliklar kuchayapti
Yangiliklar lentasi
0