https://oz.sputniknews.uz/20261127/eotb-ozbekiston-62352963.html
Aeroport, tezurar temir yo‘l va GESlar: EOTB O‘zbekistonda qaysi loyihalarni ko‘rib chiqmoqda
Aeroport, tezurar temir yo‘l va GESlar: EOTB O‘zbekistonda qaysi loyihalarni ko‘rib chiqmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda O‘zbekiston kompaniyalari bilan agrosanoat, avtomobilsozlik va logistika loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha qator bitimlar imzolandi. 27.11.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-11-27T17:57+0500
2026-11-27T17:57+0500
2026-11-27T17:57+0500
video
o‘zbekiston
yevroosiyo taraqqiyot banki (yeotb)
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/1b/62353869_48:0:1852:1015_1920x0_80_0_0_7d63ef39caf5d55087fa1a38051f7eb6.jpg
Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) O‘zbekistonda yangi aeroportlar va tezurar temir yo‘llar qurilishidan tortib gidroenergetika va metallurgiyani rivojlantirishgacha bo‘lgan yirik infratuzilma loyihalarida ishtirok etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda YeOTB boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov Toshkentda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.U Toshkent va mamlakatning boshqa shaharlarida yangi aeroport qurilishi, shuningdek, Toshkent-Samarqand va Toshkent-Andijon tezurar temir yo‘l magistrallarini istiqbolli tashabbuslar qatoriga kiritdi. Podguzovning so‘zlariga ko‘ra, bank gidroenergetikani rivojlantirish va zamonaviy metallurgiya korxonasini tashkil etishga ham qiziqish bildirmoqda.Tomonlar "O‘zbekgidroenergo" AJ bilan hamkorlikni alohida muhokama qildi. YeOTB kichik gidroenergetika va gidro to‘plash elektr stansiyalarini rivojlantirish, mavjud uskunalarni modernizatsiya qilish va yangi loyihalarni tayyorlashni qo‘llab-quvvatlash niyatida. Yo‘nalishlar orasida Pskom va Chorvoq GESlari, Yuqori To‘palang tizimi, shuningdek, O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi Qambarota GES-1 qurilishidagi ehtimoliy ishtiroki.Podguzovning aytishicha, bank va "O‘zbekgidroenergo" bir necha hafta ichida potensial bitimlarni tuzishni rejalashtirmoqda. Qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish 2027-yilning birinchi yarmida boshlanishi kutilmoqda. Yirik tashabbuslar uchun YeOTB boshqa xalqaro moliya tashkilotlari va rivojlanish institutlarining mablag‘larini jalb qilish niyatida.Shuningdek, Toshkentda O‘zbekiston kompaniyalari bilan agrosanoat, avtomobilsozlik va logistika loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha qator bitimlar imzolandi.Bundan tashqari, YeOTB va O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi birgalikda loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga kelishib oldi. O‘qitish 2027-yilning birinchi choragida boshlanishi rejalashtirilgan.Batafsil - Sputnik videosida.
https://oz.sputniknews.uz/20261125/eabr-uzbekistan-loyihalar-62286693.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/1b/62353869_273:0:1626:1015_1920x0_80_0_0_e24fef3333251ebfa7025633ef737d3b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
video, o‘zbekiston, yevroosiyo taraqqiyot banki (yeotb), hamkorlik
video, o‘zbekiston, yevroosiyo taraqqiyot banki (yeotb), hamkorlik
Aeroport, tezurar temir yo‘l va GESlar: EOTB O‘zbekistonda qaysi loyihalarni ko‘rib chiqmoqda
Toshkentda O‘zbekiston kompaniyalari bilan agrosanoat, avtomobilsozlik va logistika loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha qator bitimlar imzolandi.
Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) O‘zbekistonda yangi aeroportlar va tezurar temir yo‘llar qurilishidan tortib gidroenergetika va metallurgiyani rivojlantirishgacha bo‘lgan yirik infratuzilma loyihalarida ishtirok etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda YeOTB boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov Toshkentda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
U Toshkent va mamlakatning boshqa shaharlarida yangi aeroport qurilishi, shuningdek, Toshkent-Samarqand va Toshkent-Andijon tezurar temir yo‘l magistrallarini istiqbolli tashabbuslar qatoriga kiritdi. Podguzovning so‘zlariga ko‘ra, bank gidroenergetikani rivojlantirish va zamonaviy metallurgiya korxonasini tashkil etishga ham qiziqish bildirmoqda.
Tomonlar "O‘zbekgidroenergo" AJ bilan hamkorlikni alohida muhokama qildi. YeOTB kichik gidroenergetika va gidro to‘plash elektr stansiyalarini rivojlantirish, mavjud uskunalarni modernizatsiya qilish va yangi loyihalarni tayyorlashni qo‘llab-quvvatlash niyatida. Yo‘nalishlar orasida Pskom va Chorvoq GESlari, Yuqori To‘palang tizimi, shuningdek, O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi Qambarota GES-1 qurilishidagi ehtimoliy ishtiroki.
Podguzovning aytishicha, bank va "O‘zbekgidroenergo" bir necha hafta ichida potensial bitimlarni tuzishni rejalashtirmoqda. Qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish 2027-yilning birinchi yarmida boshlanishi kutilmoqda. Yirik tashabbuslar uchun YeOTB boshqa xalqaro moliya tashkilotlari va rivojlanish institutlarining mablag‘larini jalb qilish niyatida.
Shuningdek, Toshkentda O‘zbekiston kompaniyalari bilan agrosanoat, avtomobilsozlik va logistika loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha qator bitimlar imzolandi.
Bundan tashqari, YeOTB va O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi birgalikda loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga kelishib oldi. O‘qitish 2027-yilning birinchi choragida boshlanishi rejalashtirilgan.
Batafsil -
Sputnik videosida.