O‘zbekistonga o‘qish uchun eng ko‘p qaysi davlat fuqarolari kelmoqda — top-5

Obuna bo‘lish
O‘qish maqsadida kelgan xorijliklar soni bir yilda 1,7 baravarga oshdi. Ularning uchdan ikki qismi ikki davlat hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2026 yilning yanvar–oktabr oylarida O‘zbekistonga 57,6 ming nafar xorijiy fuqaro o‘qish maqsadida kelgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,7 baravarga oshgan.
O‘zbekistonga o‘qish maqsadida eng ko‘p Turkmaniston, Hindiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Xitoy fuqarolari kelgan.
Turkmaniston va Hindiston fuqarolari jami ta’lim olish maqsadida kelgan xorijliklarning qariyb uchdan ikki qismini tashkil etgan.
Shuningdek, O‘zbekistonga quyidagi mamlakatlardan ham o‘qish maqsadida kelganlar:
Pokiston — 2 162 nafar;
Misr — 1 677 nafar;
Janubiy Koreya — 1 042 nafar;
Filippin — 1 029 nafar;
AQSh — 593 nafar;
Turkiya — 432 nafar;
JAR — 385 nafar;
Buyuk Britaniya — 361 nafar;
Eron — 326 nafar;
Iordaniya — 314 nafar;
Afg‘oniston — 254 nafar;
Qozog‘iston — 248 nafar;
Bangladesh — 201 nafar;
Nepal — 186 nafar;
Rossiya — 172 nafar.
O‘zbekistonga o‘qish uchun eng ko‘p qaysi davlatlardan va qancha fuqaro kelgani haqida batafsil — Sputnik infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0