https://oz.sputniknews.uz/20261125/turkey-serial-yulduz-62285010.html
Turkiyada "Muhtasham yuz yil" va "Istanbullik kelin" seriallari yulduzlari qo‘lga olindi
Turkiyada "Muhtasham yuz yil" va "Istanbullik kelin" seriallari yulduzlari qo‘lga olindi
Sputnik O‘zbekiston
Turkiyada taniqli aktorlar Deniz Chaqir, O‘zjan Deniz va Burju O‘zberk qo‘lga olindi. Istanbul prokuraturasi 35 nafar gumonlanuvchini ushlash to‘g‘risida qaror chiqargan. Avvalroq boshqa mashhur aktorlar ham tergovga jalb etilgan edi.
2026-11-25T15:18+0500
2026-11-25T15:18+0500
2026-11-25T15:18+0500
narkotik moddalar
jinoyatchilik
film
turkiya
dunyo yangiliklari
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/19/62283848_0:161:1201:836_1920x0_80_0_0_99fd06876bdbe043765ecd0319e4cb9f.jpg
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Turkiyada "Muhtasham yuz yil" serialida rol ijro etgan Deniz Chaqir va Burju O‘zberk hamda "Istanbullik kelin" seriali orqali tanilgan aktor va xonanda O‘zjan Deniz qo‘lga olindi. Bu haqda TRT Haber xabar berdi.Istanbul prokuraturasi giyohvand moddalar savdosi, ularni tarqatish, iste’mol qilish, saqlash va fohishalik bilan bog‘liq jinoyatlar yuzasidan tergov olib bormoqda.Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchilar va guvohlarning ko‘rsatmalari, shuningdek, mobil telefonlar va boshqa raqamli qurilmalar ekspertizasi natijasida giyohvand moddalarni iste’mol qilish yoki saqlash bo‘yicha yangi gumonlar yuzaga kelgan.Deniz Chaqir "Muhtasham yuz yil" serialida sulton Sulaymonning singlisi Shohsulton, Burju O‘zberk esa Hurijihon sulton rolini ijro etgan.Turk seriallarining boshqa yulduzlari ham tergovga jalb etilganBu Turkiyada joriy yilda taniqli san’atkorlar ishtirokidagi birinchi bunday holat emas.Mart oyida "Eshigimni taqillat" seriali yulduzi Xande Erchel ham giyohvand moddalar bilan bog‘liq ish doirasida tergovga jalb etilgan edi. Aktrisa ko‘rsatma bergani va ekspertiza uchun namunalar topshirganidan so‘ng ozod qilingan."Qashqirlar makoni" seriali ham prokuratura e’tiboridaSentabr oyida Turkiya prokuraturasi mamlakatdagi yana bir mashhur serial — "Qashqirlar makoni" ijodkorlarini boshqa jinoyat ishi doirasida tergovga jalb etdi.Tergov doirasida serial ssenariy mualliflari Raji Shashmaz, Bahodir O‘zdener va Junayt Aysan, shuningdek, aktorlar Emin O‘ljay va Sedat Savtakdan ko‘rsatmalar olingan.27 sentabr kuni serialni suratga olgan "Pana Film" kompaniyasi direktori Ihsan Karademir gumonlanuvchi sifatida so‘roq qilingan. Sud unga mamlakatni tark etishni taqiqlagan.
https://oz.sputniknews.uz/20260723/tashkent-narkotik-tarqatish-ukraine-fuqaro-59215040.html
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/19/62283848_0:48:1201:948_1920x0_80_0_0_5ef27f40a82e6127f66bd1297013dd42.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
narkotik moddalar, jinoyatchilik, film, turkiya, dunyo yangiliklari, dunyoda
narkotik moddalar, jinoyatchilik, film, turkiya, dunyo yangiliklari, dunyoda
Turkiyada "Muhtasham yuz yil" va "Istanbullik kelin" seriallari yulduzlari qo‘lga olindi
Istanbulda giyohvand moddalar va fohishalik bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha tergov doirasida 23 kishi, jumladan, taniqli aktorlar ushlandi.
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Turkiyada "Muhtasham yuz yil" serialida rol ijro etgan Deniz Chaqir va Burju O‘zberk hamda "Istanbullik kelin" seriali orqali tanilgan aktor va xonanda O‘zjan Deniz qo‘lga olindi. Bu haqda
TRT Haber xabar berdi.
Istanbul prokuraturasi giyohvand moddalar savdosi, ularni tarqatish, iste’mol qilish, saqlash va fohishalik bilan bog‘liq jinoyatlar yuzasidan tergov olib bormoqda.
Tergov doirasida 35 nafar gumonlanuvchini qo‘lga olish to‘g‘risida qaror chiqarilgan. Hozirga qadar ulardan 23 nafari ushlangan.
Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchilar va guvohlarning ko‘rsatmalari, shuningdek, mobil telefonlar va boshqa raqamli qurilmalar ekspertizasi natijasida giyohvand moddalarni iste’mol qilish yoki saqlash bo‘yicha yangi gumonlar yuzaga kelgan.
Deniz Chaqir "Muhtasham yuz yil" serialida sulton Sulaymonning singlisi Shohsulton, Burju O‘zberk esa Hurijihon sulton rolini ijro etgan.
Turk seriallarining boshqa yulduzlari ham tergovga jalb etilgan
Bu Turkiyada joriy yilda taniqli san’atkorlar ishtirokidagi birinchi bunday holat emas.
18 sentabr kuni giyohvand moddalar va fohishalik bilan bog‘liq ikkita alohida tergov doirasida 24 nafar gumonlanuvchini ushlash to‘g‘risida qaror chiqarilgan edi. O‘shanda 15 kishi, jumladan, "Muhtasham yuz yil" serialida shahzoda Boyazid rolini ijro etgan Aras Bulut Iynemli ham qo‘lga olingan.
Mart oyida "Eshigimni taqillat" seriali yulduzi Xande Erchel ham giyohvand moddalar bilan bog‘liq ish doirasida tergovga jalb etilgan edi. Aktrisa ko‘rsatma bergani va ekspertiza uchun namunalar topshirganidan so‘ng ozod qilingan.
"Qashqirlar makoni" seriali ham prokuratura e’tiborida
Sentabr oyida Turkiya prokuraturasi mamlakatdagi yana bir mashhur serial — "Qashqirlar makoni" ijodkorlarini boshqa jinoyat ishi doirasida tergovga jalb etdi.
Gap Turkiya Milliy razvedka tashkilotining sobiq xodimi Kashif Ko‘zinog‘lining 2011-yilda qamoqxonada vafot etgani bilan bog‘liq ish haqida bormoqda.
Tergov doirasida serial ssenariy mualliflari Raji Shashmaz, Bahodir O‘zdener va Junayt Aysan, shuningdek, aktorlar Emin O‘ljay va Sedat Savtakdan ko‘rsatmalar olingan.
27 sentabr kuni serialni suratga olgan "Pana Film" kompaniyasi direktori Ihsan Karademir gumonlanuvchi sifatida so‘roq qilingan. Sud unga mamlakatni tark etishni taqiqlagan.