Tojikiston rus teatri Samarqandda Pushkin asarlari asosidagi spektaklni namoyish etdi

© SputnikGosudarstvenniy russkiy dramaticheskiy teatr imeni V. Mayakovskogo iz Dushanbe priyexal v Samarkand na gastroli
Gosudarstvenniy russkiy dramaticheskiy teatr imeni V. Mayakovskogo iz Dushanbe priyexal v Samarkand na gastroli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2026
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Samarqand va Dushanbe teatrlari kelgusi yilda rejissorlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish va o‘zaro gastrol safarlarini tashkil etishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Dushanbedagi Vladimir Mayakovskiy nomidagi davlat rus drama teatri Samarqandga gastrol safari bilan keldi. Teatr jamoasi mahalliy tomoshabinlar uchun ikkita spektakl — Aleksandr Pushkin asarlari asosidagi "Vabo davridagi bazm" va "Simbadning sarguzashtlari" bolalar ertagini tayyorlagan, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Birinchi spektakl tomoshabinlar tomonidan gulduros qarsaklar va olqishlar bilan kutib olindi. Sahnada Dmitriy Murzinov, Munira Dadayeva, Mavlonbibi Najmiddinova, Marina Yarmolik, Rimma Ulanova va boshqa aktorlar chiqish qildi.
© SputnikGosudarstvenniy russkiy dramaticheskiy teatr imeni V. Mayakovskogo iz Dushanbe priyexal v Samarkand na gastroli
Gosudarstvenniy russkiy dramaticheskiy teatr imeni V. Mayakovskogo iz Dushanbe priyexal v Samarkand na gastroli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2026
Gosudarstvenniy russkiy dramaticheskiy teatr imeni V. Mayakovskogo iz Dushanbe priyexal v Samarkand na gastroli
"Vabo davridagi bazm" spektakli Aleksandr Pushkinning uchta asarini — "Kichik fojialar" turkumidagi shu nomli fojia, "Faustdan sahna" va "Qur’onga taqlidlar" turkumini birlashtirgan. Murakkab sahna asari bo‘lishiga qaramay, spektakl tomoshabinlar tomonidan yaxshi qabul qilinmoqda.
"Bir necha yil avval bu spektaklni Rossiyadagi teatr festivalida namoyish etgan edik. O‘shanda rossiyalik tanqidchilar ishimizni yuqori baholab, uni namoyish etishni tavsiya qilishgandi. Shu tariqa spektakl Rossiyaning sakkiz shahrida namoyish etildi. Samarqandga kelishimizdan avval ham Barnaul va Biyskda gastrol safarida bo‘ldik. U yerda tomoshabinlar aynan shu spektaklni namoyish etishimizni so‘rashdi", — deydi teatr bosh rejissori Xurshed Mustafo.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu teatrning Pushkin asarlari asosida sahnalashtirgan birinchi spektakli emas. Yaqinda teatr jamoasi dushanbelik tomoshabinlarga "Qarg‘a xonim" spektaklining premyerasini taqdim etdi.
Teatr repertuaridan o‘zbek mualliflarining asarlari asosida sahnalashtirilgan "Nasriddinning besh xotini" va "Kelinlar qo‘zg‘oloni" kabi spektakllar ham o‘rin olgan.
© SputnikGosudarstvenniy russkiy dramaticheskiy teatr imeni V. Mayakovskogo iz Dushanbe priyexal v Samarkand na gastroli
Gosudarstvenniy russkiy dramaticheskiy teatr imeni V. Mayakovskogo iz Dushanbe priyexal v Samarkand na gastroli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2026
Gosudarstvenniy russkiy dramaticheskiy teatr imeni V. Mayakovskogo iz Dushanbe priyexal v Samarkand na gastroli
Samarqandlik tomoshabinlar Dushanbe teatri ijodi bilan viloyat rus drama teatri sahnasida tanishmoqda.
Ikki teatr o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan. Kelgusi yilda tomonlar rejissorlar almashinuvini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Rejissorlar hamkor teatr sahnasida spektakl qo‘yish imkoniga ega bo‘ladi.
Shuningdek, 2027-yilda Samarqand teatri jamoasining Tojikistonga gastrol safari rejalashtirilgan. O‘zbekistonlik aktorlar tojikistonlik tomoshabinlarga o‘zlarining eng sara spektakllarini taqdim etadi.
Rossiya san’ati va rus tili: O‘zbekistondagi yangi loyihalar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2026
Matbuot markazi
Rossiya san’ati va rus tili: O‘zbekistondagi yangi loyihalar
Yangiliklar lentasi
0