Gulnora Karimovaning 252,5 mln dollarlik aktivlari O‘zbekistonga qaytariladi

CC BY-SA 3.0 / Timir01 / Gulnara Karimova.Gulnara Karimova
Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Shveysariya navbatdagi bitimni tasdiqladi. Qaytariladigan mablag‘lar ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalariga yo‘naltiriladi.
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Shveysariyada musodara qilingan Gulnora Karimovaning 252,5 mln dollarlik aktivlari O‘zbekistonga qaytariladi. Ikki mamlakat o‘rtasida aktivlarni qaytarish bo‘yicha navbatdagi bitim 24-noyabr kuni tasdiqlandi,. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mablag‘lar "Ishonch – 2030" trast jamg‘armasi orqali aholining ijtimoiy farovonligini oshirish va inson kapitalini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Mablag‘larni taqsimlash strategiyasining ikkinchi bosqichiga oid hujjatni O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Otabek Fazilkarimov, Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchisi Simone Giger hamda BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Mahl imzoladi.
Strategiyada ikkita ustuvor yo‘nalish belgilangan:
Sog‘liqni saqlash — bolalar va o‘smirlarga tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, kasalliklarning oldini olish va ularni erta aniqlash, ayrim onkologik kasalliklarni davolash imkoniyatlarini kengaytirish, tibbiyot xodimlari malakasini oshirish.
Ta’lim — yangi maktablar qurishni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish, o‘qituvchilar malakasini oshirish va sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish.
Bunda, ayniqsa, qishloq hududlarida va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati cheklangan aholi qatlamlari uchun sharoitlarni yaxshilashga ustuvor ahamiyat beriladi.
Mablag‘lardan maqsadli foydalanish ustidan nazorat o‘rnatilib, loyihalarning mustaqil monitoringiga fuqarolik jamiyati vakillari ham jalb etiladi.
Jamg‘arma mablag‘larini taqsimlashning birinchi bosqichida sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalariga 87 mln dollar yo‘naltirilgan. Ushbu mablag‘lar onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, perinatal yordamni takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish va o‘qituvchilarning raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirishga sarflangan.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda Shveysariya bilan 131 mln dollar, 2025-yil fevralida esa 182 mln dollarlik aktivlarni qaytarish bo‘yicha kelishuvlar imzolangan.
Chelovek derjit ruchku rebenka. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.06.2026
Gulnora Karimovaning qaytarilgan pullari ona va go‘daklar o‘limini kamaytirishga yo‘naltirildi
Yangiliklar lentasi
0