Yaponiyada tabiiy ofatlar xavfi tufayli bir nechta zaxira poytaxt tashkil etilmoqchi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Tokio
Goroda mira. Tokio - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2026
Obuna bo‘lish
Yaponiya hukumati yirik tabiiy ofat yuz bergan taqdirda Tokio vazifalarini bajara oladigan to‘rtta hududni ko‘rib chiqmoqda.
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Yaponiya hukumati yirik tabiiy ofat yuz bergan taqdirda Tokioning asosiy vazifalarini o‘z zimmasiga oladigan bir nechta zaxira poytaxtni tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Jiji Press" axborot agentligi xabar berdi.
Hukumat 2027-yilning iyun oyidan boshlab hududlardan arizalar qabul qilishni, oktabr-noyabr oylarida esa bir vaqtning o‘zida bir nechta zaxira poytaxtni belgilashni rejalashtirmoqda. Yangi tizim 2028-yil bahorida ishga tushirilishi mumkin.
Joriy yilning oktabr oyida Yaponiya hukumati zaxira poytaxtlarga qo‘yiladigan talablarni tasdiqlagan edi.
Hozirda mamlakatning 47 ta prefekturasidan to‘rttasi ushbu talablarga javob beradi:
Xokkaydo;
Ayti;
Osaka;
Fukuoka.
Asosiy shartlardan biri — mazkur hududlarning Tokio bilan bir vaqtda tabiiy ofatdan zarar ko‘rish ehtimoli past bo‘lishi. Shuningdek, aholi soni, iqtisodiy salohiyat va markaziy davlat idoralarining hududiy bo‘linmalari mavjudligi ham hisobga olinadi.
Zaxira poytaxtlar yirik tabiiy ofat vaqtida mamlakatning siyosiy, ma’muriy, sud-huquq va iqtisodiy tizimlari uzluksiz ishlashini ta’minlashi kerak.
Shu bilan birga, yangi tizim aholi va iqtisodiy resurslarning Tokioda haddan tashqari to‘planishini kamaytirish, mamlakatning boshqa hududlarini rivojlantirishga ham xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.
Tokio ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, kelgusi 30-yil ichida Kanto mintaqasining janubiy qismida 7 magnitudali zilzila sodir bo‘lish ehtimoli 70 foizga baholanmoqda.
Na sputnikovom snimke pokazano izverjenie podvodnogo vulkana v tixookeanskoy strane Tonga, vizvavshee sunami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2026
Xitoyda kuchli tayfun sabab 800 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi
Yangiliklar lentasi
0