https://oz.sputniknews.uz/20261125/bozsuv-kanal-oqova-suv-62289457.html
Bo‘zsuv kanaliga zaharli moddalar aralashgan oqova suvlar oqizib kelingani aniqlandi
Bo‘zsuv kanaliga zaharli moddalar aralashgan oqova suvlar oqizib kelingani aniqlandi
Sputnik O‘zbekiston
Zangiota tumanidagi "Bo‘zsuv" oqova suv tozalash inshootida jiddiy qonunbuzilishlar aniqlandi. Zararli moddalar haqidagi ma’lumotlar yillar davomida yashirilgan. To‘plangan hujjatlar Bosh prokuraturaga yuboriladi.
2026-11-25T16:35+0500
2026-11-25T16:35+0500
2026-11-25T16:39+0500
suv
ekologiya
jinoiy javobgarlik
qoidabuzarlik
jamiyat
toshkent viloyati
ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/10/45696475_0:104:2000:1229_1920x0_80_0_0_6c5dc3bdd28b690ac59ae727b0262dd1.jpg
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi "Bo‘zsuv" oqova suv tozalash inshootida atrof-muhit va aholi salomatligiga jiddiy xavf soluvchi qonunbuzilishlar aniqlandi Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xabar berdi.Aholining shikoyatlari asosida Ekopolitsiya xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda inshootning suv tozalash samaradorligi belgilangan 70 foiz o‘rniga 47,6–51,5 foizgacha tushib ketgani aniqlandi.Buning asosiy sababi — to‘qimachilik, qog‘ozni qayta ishlash, parrandachilik va boshqa sanoat korxonalarining tarkibida kimoviy bo‘yoqlar va zaharli moddalar mavjud bo‘lgan oqova suvlarini dastlabki tozalashsiz qabul qilish.Inshoot rahbariyati ushbu korxonalarni kanalizatsiya tarmog‘idan uzish va ekologiya organlarini xabardor qilish talablarini bajarmagan. Inshootni modernizatsiya qilish bo‘yicha 2024-yilda belgilangan talablar ham bajarilmagan.Tekshiruv davomida boshqa jiddiy qonunbuzilishlar ham aniqlandi:Shuningdek, Toshkent shahar Ekologiya bosh boshqarmasi laboratoriyasi tomonidan 2026-yil davomida birorta ham nazorat tahlili o‘tkazilmagan.Aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha katta miqdorda kompensatsiya to‘lovi hisoblanib, moliyaviy sanksiya qo‘llanildi. Inshootga kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha 15 banddan iborat majburiy ko‘rsatma berildi.O‘z vazifalarini lozim darajada bajarmagan ekologiya organlari xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi. To‘plangan barcha hujjatlar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuboriladi.Eslatib o‘tamiz, 2025-yil sentabr oyida ham Bo‘zsuv kanalining ifloslanishi oqibatida atrof-muhitga yetkazilgan zarar uchun 1,5 mlrd so‘mdan ortiq kompensatsiya to‘lovi hisoblangan va jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20250929/bozsuv-kanalizatsiya-suvlar-jinoyat-ish-52346599.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/10/45696475_112:0:1889:1333_1920x0_80_0_0_96b598338f7fb33cc73f4336c7fee8b2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
suv, ekologiya , jinoiy javobgarlik, qoidabuzarlik, jamiyat, toshkent viloyati, ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi
suv, ekologiya , jinoiy javobgarlik, qoidabuzarlik, jamiyat, toshkent viloyati, ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi
Bo‘zsuv kanaliga zaharli moddalar aralashgan oqova suvlar oqizib kelingani aniqlandi
16:35 25.11.2026 (yangilandi: 16:39 25.11.2026) Bo‘zsuv kanaliga oqizilayotgan suv tarkibidagi 9 turdagi zararli modda miqdori belgilangan meyordan bir necha barobar yuqori.
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi "Bo‘zsuv" oqova suv tozalash inshootida atrof-muhit va aholi salomatligiga jiddiy xavf soluvchi qonunbuzilishlar aniqlandi Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi
xabar berdi.
Aholining shikoyatlari asosida Ekopolitsiya xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda inshootning suv tozalash samaradorligi belgilangan 70 foiz o‘rniga 47,6–51,5 foizgacha tushib ketgani aniqlandi.
Bo‘zsuv kanaliga oqizilayotgan suvning laboratoriya tahlillari natijasida 13 turdagi ifloslantiruvchi moddadan 9 tasining miqdori belgilangan meyordan bir necha barobar yuqori ekani ma’lum bo‘ldi.
Buning asosiy sababi — to‘qimachilik, qog‘ozni qayta ishlash, parrandachilik va boshqa sanoat korxonalarining tarkibida kimoviy bo‘yoqlar va zaharli moddalar mavjud bo‘lgan oqova suvlarini dastlabki tozalashsiz qabul qilish.
Inshoot rahbariyati ushbu korxonalarni kanalizatsiya tarmog‘idan uzish va ekologiya organlarini xabardor qilish talablarini bajarmagan. Inshootni modernizatsiya qilish bo‘yicha 2024-yilda belgilangan talablar ham bajarilmagan.
Tekshiruv davomida boshqa jiddiy qonunbuzilishlar ham aniqlandi:
yillik oqova suv hajmi hisobotlarda 2023-yilga nisbatan 131,3 mln kub metrga (54 foizga) kamaytirib ko‘rsatilgan;
neft mahsulotlari, og‘ir metallar, xrom va boshqa zararli moddalar haqidagi ma’lumotlar yillar davomida yashirilgan;
yiliga hosil bo‘ladigan 23,5 ming tonna chiqindi, asosan xavfli cho‘kindi, ochiq yer maydonlariga noqonuniy to‘kib kelingan;
inshoot xodimlari Ekopolitsiya va irrigatsiya mutaxassislarining oqova suv hajmini o‘lchashiga to‘sqinlik qilgan.
Shuningdek, Toshkent shahar Ekologiya bosh boshqarmasi laboratoriyasi tomonidan 2026-yil davomida birorta ham nazorat tahlili o‘tkazilmagan.
Aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha katta miqdorda kompensatsiya to‘lovi hisoblanib, moliyaviy sanksiya qo‘llanildi. Inshootga kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha 15 banddan iborat majburiy ko‘rsatma berildi.
Ko‘rsatmalar belgilangan muddatda bajarilmasa, inshoot faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritiladi.
O‘z vazifalarini lozim darajada bajarmagan ekologiya organlari xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi. To‘plangan barcha hujjatlar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuboriladi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil sentabr oyida ham Bo‘zsuv kanalining ifloslanishi oqibatida atrof-muhitga yetkazilgan zarar uchun 1,5 mlrd so‘mdan ortiq kompensatsiya to‘lovi hisoblangan va
jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.