https://oz.sputniknews.uz/20261124/davlat-idora-qaror-sud-shikoyat-62269226.html
Davlat idoralarining qarorlari va jarimalari ustidan sudga shikoyat qilish osonlashadi
Davlat idoralarining qarorlari va jarimalari ustidan sudga shikoyat qilish osonlashadi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda fuqaro va tadbirkorlarning davlat organlari bilan sudlashish tartibini yengillashtirish, jamoaviy da’vo berish imkoniyatini yaratish hamda sudga ariza topshirishdagi burokratik to‘siqlarni bartaraf etish ko‘zda tutilmoqda.
2026-11-24T17:25+0500
2026-11-24T17:25+0500
2026-11-24T17:27+0500
sud
sudya
tadbirkor
oliy majlis qonunchilik palatasi
yangi qonun
jamiyat
shikoyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/19/51487672_0:63:1200:738_1920x0_80_0_0_dab6a7be3fbffa852e978711bf9ec373.jpg
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksni tasdiqlash haqidagi qonun loyihasini qabul qilib, Senatga yubordi.Qonun loyihasi bilan fuqaro va tadbirkorlarning davlat organlari bilan nizolarda o‘z huquqlarini sud orqali himoya qilish imkoniyatlari kengaytirilmoqda.Agar ariza adashib boshqa hududdagi sudga topshirilsa, sud uni "yagona darcha" tamoyili asosida tegishli sudga o‘zi yuboradi.Shuningdek, fuqaro va tadbirkorlarning haqligi prezumpsiyasi kengaytirilmoqda. Davlat organi o‘z qarorining qonuniy va asosli ekanini, qo‘llagan jarima yoki boshqa chorasi sodir etilgan qilmishga mutanosibligini o‘zi isbotlashi shart bo‘ladi.Sud esa qo‘llangan chora qonunda ko‘zlangan maqsadga qanchalik mos ekanini ham tekshiradi.Buzilgan huquqlarni tezkor tiklash maqsadida da’voning to‘rt turi joriy etilib, ularni berishning aniq muddatlari belgilanmoqda.Savdo-sanoat palatasiga esa birinchi instansiya sudida ishtirok etmagan taqdirda ham tadbirkor manfaatida sud qarori ustidan yuqori instansiyaga bevosita shikoyat kiritish huquqi beriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260120/mansabdorlar-sud-ishtirok-majburiy-55006242.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/19/51487672_67:0:1134:800_1920x0_80_0_0_0b0aa5d38bb63d2de671cdbe06305385.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sud, sudya, tadbirkor, oliy majlis qonunchilik palatasi, yangi qonun, jamiyat, shikoyat
sud, sudya, tadbirkor, oliy majlis qonunchilik palatasi, yangi qonun, jamiyat, shikoyat
Davlat idoralarining qarorlari va jarimalari ustidan sudga shikoyat qilish osonlashadi
17:25 24.11.2026 (yangilandi: 17:27 24.11.2026) Sudlar arizalarni rasmiy kamchiliklar tufayli qaytarmaydi, davlat organlari esa o‘z qarorlarining asosli ekanini isbotlashi shart bo‘ladi.
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksni tasdiqlash haqidagi qonun loyihasini qabul qilib, Senatga
yubordi.
Qonun loyihasi bilan fuqaro va tadbirkorlarning davlat organlari bilan nizolarda o‘z huquqlarini sud orqali himoya qilish imkoniyatlari kengaytirilmoqda.
Xususan, sudlar arizadagi rasmiy kamchiliklar tufayli uni qaytarmaydi, aksincha, arizachiga kamchiliklarni bartaraf etish va talablarini to‘g‘ri shakllantirishda ko‘maklashadi.
Agar ariza adashib boshqa hududdagi sudga topshirilsa, sud uni "yagona darcha" tamoyili asosida tegishli sudga o‘zi yuboradi.
Shuningdek, fuqaro va tadbirkorlarning haqligi prezumpsiyasi kengaytirilmoqda. Davlat organi o‘z qarorining qonuniy va asosli ekanini, qo‘llagan jarima yoki boshqa chorasi sodir etilgan qilmishga mutanosibligini o‘zi isbotlashi shart bo‘ladi.
Sud esa qo‘llangan chora qonunda ko‘zlangan maqsadga qanchalik mos ekanini ham tekshiradi.
Buzilgan huquqlarni tezkor tiklash maqsadida da’voning to‘rt turi joriy etilib, ularni berishning aniq muddatlari belgilanmoqda.
Ma’muriy organ qarori tufayli bir guruh shaxslarning huquqlari buzilgan hollarda 20 nafar va undan ortiq shaxs birgalikda jamoaviy da’vo berishi mumkin bo‘ladi.
Savdo-sanoat palatasiga esa birinchi instansiya sudida ishtirok etmagan taqdirda ham tadbirkor manfaatida sud qarori ustidan yuqori instansiyaga bevosita shikoyat kiritish huquqi beriladi.