https://oz.sputniknews.uz/20261123/uzbekistan-energetika-tayinlov-62226210.html
O‘zbekiston energetika sohasida yangi rahbarlik tayinlovlari amalga oshirildi
O‘zbekiston energetika sohasida yangi rahbarlik tayinlovlari amalga oshirildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston energetika sohasida yangi rahbarlik tayinlovlari amalga oshirildi. Umid Mamadaminov Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori, Abdumalik Nazirov esa vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.
2026-11-23T10:21+0500
2026-11-23T10:21+0500
2026-11-23T10:57+0500
energetika
energetika vazirligi
yangi tayinlov
elektr energiyasi
o‘zbekiston
siyosat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/17/62225801_0:96:1280:816_1920x0_80_0_0_daf2185794d3d35496e10eb9f392139e.jpg
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining tegishli qarorlari bilan energetika sohasida yangi rahbarlik tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Umid Mamadaminov Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.Shu munosabat bilan u energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Mamadaminov ushbu lavozimda 2026-yil iyun oyidan buyon ishlab kelayotgan edi.Nazirov bunga qadar, 2025-yil 28-noyabrdan buyon “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.U 2022-yil may oyida mazkur kompaniya boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan. Undan avval Energetika vazirligining Elektr tarmoqlari boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.Shuningdek, prezident qarori bilan Otabek Amanov energetika vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.U bunga qadar Atom energiyasi agentligining AES qurilishi direksiyasi direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.Ma’lumot uchun, Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi elektr energiyasi hamda tabiiy va suyultirilgan gaz bozorlarini bosqichma-bosqich shakllantirish va tartibga solish bilan shug‘ullanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260727/energetika-vaziri-59303636.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/17/62225801_0:99:1280:1059_1920x0_80_0_0_1df251132f52d37299167f8f4c06b9e2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
energetika, energetika vazirligi, yangi tayinlov, elektr energiyasi, o‘zbekiston, siyosat
energetika, energetika vazirligi, yangi tayinlov, elektr energiyasi, o‘zbekiston, siyosat
O‘zbekiston energetika sohasida yangi rahbarlik tayinlovlari amalga oshirildi
10:21 23.11.2026 (yangilandi: 10:57 23.11.2026) Umid Mamadaminov agentlik rahbari, Abdumalik Nazirov birinchi o‘rinbosar, Otabek Amanov esa energetika vaziri o‘rinbosari bo‘ldi
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining tegishli qarorlari bilan energetika sohasida yangi rahbarlik tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Umid Mamadaminov Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan u energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Mamadaminov ushbu lavozimda 2026-yil iyun oyidan buyon ishlab kelayotgan edi.
Uning o‘rniga Abdumalik Nazirov energetika vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Nazirov bunga qadar, 2025-yil 28-noyabrdan buyon “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
U 2022-yil may oyida mazkur kompaniya boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan. Undan avval Energetika vazirligining Elektr tarmoqlari boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Shuningdek, prezident qarori bilan Otabek Amanov energetika vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
U bunga qadar Atom energiyasi agentligining AES qurilishi direksiyasi direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi elektr energiyasi hamda tabiiy va suyultirilgan gaz bozorlarini bosqichma-bosqich shakllantirish va tartibga solish bilan shug‘ullanadi.