https://oz.sputniknews.uz/20261123/tashkent-innoprom-central-asia-korgazma-62242630.html
Toshkentda VII "Innoprom. Markaziy Osiyo" ko‘rgazmasi sanasi e’lon qilindi
Toshkentda VII "Innoprom. Markaziy Osiyo" ko‘rgazmasi sanasi e’lon qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda VII "Innoprom. Markaziy Osiyo" xalqaro sanoat ko‘rgazmasi 2027-yil 19–21 aprelda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tadbirda mashinasozlik, metallurgiya, ishlab chiqarish texnologiyalari va energetika sohalariga e’tibor qaratiladi
2026-11-23T19:05+0500
2026-11-23T19:05+0500
2026-11-23T19:05+0500
innoprom xalqaro sanoat ko‘rgazmasi
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
ko‘rgazma
o‘zbekiston
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/15/57038071_0:348:2730:1884_1920x0_80_0_0_29cfa57db0cdf834802b49084b2b1c5e.jpg
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. VII "Innoprom. Markaziy Osiyo" xalqaro sanoat ko‘rgazmasi 2027-yil 19–21 aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu haqda ko‘rgazmaning rasmiy saytida ma’lum qilindi.Tadbir CAEx Uzbekistan xalqaro ko‘rgazmalar markazida o‘tkaziladi. Uning tashkilotchilari O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Rossiya Sanoat va savdo vazirligidir.Ko‘rgazmaning asosiy yo‘nalishlari mashinasozlik, metallurgiya, ishlab chiqarish texnologiyalari va energetika sohalaridagi zamonaviy yechimlarni qamrab oladi.2026 yildagi oltinchi ko‘rgazmada O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Xitoy va Qozog‘istondan 350 tadan ortiq kompaniya o‘z mahsulotlari va texnologik yechimlarini namoyish etdi.Maydoni 18 ming kvadrat metr bo‘lgan ko‘rgazmaga 35 ta mamlakatdan 10 mingdan ziyod mehmon tashrif buyurdi.Tadbir doirasida sanoat kooperatsiyasi, yangi qo‘shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish va texnologiyalar almashinuviga oid kelishuvlar ham imzolangan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20260707/uzbekistan-innoprom-sanoat-mahsulot-namoyish-58869486.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/15/57038071_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_af0fdabfe11b583669b10f793a9f1285.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
innoprom xalqaro sanoat ko‘rgazmasi, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, ko‘rgazma, o‘zbekiston, rossiya
innoprom xalqaro sanoat ko‘rgazmasi, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, ko‘rgazma, o‘zbekiston, rossiya
Toshkentda VII "Innoprom. Markaziy Osiyo" ko‘rgazmasi sanasi e’lon qilindi
Toshkentda VII "Innoprom. Markaziy Osiyo" xalqaro sanoat ko‘rgazmasi 2027-yil 19–21 aprel kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. VII "Innoprom. Markaziy Osiyo" xalqaro sanoat ko‘rgazmasi 2027-yil 19–21 aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu haqda ko‘rgazmaning rasmiy saytida
ma’lum qilindi.
Tadbir CAEx Uzbekistan xalqaro ko‘rgazmalar markazida o‘tkaziladi. Uning tashkilotchilari O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Rossiya Sanoat va savdo vazirligidir.
Ko‘rgazmaning asosiy yo‘nalishlari mashinasozlik, metallurgiya, ishlab chiqarish texnologiyalari va energetika sohalaridagi zamonaviy yechimlarni qamrab oladi.
"Innoprom" sanoat ko‘rgazmasi 2021-yilda birinchi marta Rossiyadan tashqarida — Toshkentda o‘tkazilgan edi. 2022-yildan buyon u "Innoprom. Markaziy Osiyo" nomi bilan tashkil etib kelinmoqda.
2026 yildagi oltinchi ko‘rgazmada O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Xitoy va Qozog‘istondan 350 tadan ortiq kompaniya o‘z mahsulotlari va texnologik yechimlarini namoyish etdi.
Maydoni 18 ming kvadrat metr bo‘lgan ko‘rgazmaga 35 ta mamlakatdan 10 mingdan ziyod mehmon tashrif buyurdi.
Tadbir doirasida sanoat kooperatsiyasi, yangi qo‘shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish va texnologiyalar almashinuviga oid kelishuvlar ham imzolangan edi.