https://oz.sputniknews.uz/20261123/russia-ukraine-harbiy-infratuzilma-zarba-62242115.html
Peskov: Rossiya Ukrainadagi harbiy infratuzilmaga zarbalarni davom ettiradi
Peskov: Rossiya Ukrainadagi harbiy infratuzilmaga zarbalarni davom ettiradi
Sputnik O‘zbekiston
Peskov Rossiya Ukrainadagi harbiy obyektlarga zarbalarni davom ettirishini bildirdi. U Yevropa bilan muloqot, Konstantinovkadagi gumanitar tashabbus va Rossiyaning muzlatilgan aktivlari bo‘yicha Moskva pozitsiyasini ham aytdi.
2026-11-23T18:24+0500
2026-11-23T18:24+0500
2026-11-23T18:24+0500
dmitriy peskov
yevropa ittifoqi
ukraina
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/17/62241723_0:22:3072:1750_1920x0_80_0_0_e1ea286052801365b4f3e3d46e3cd2e0.jpg
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainadagi harbiy infratuzilmaga har kuni keng ko‘lamli kompleks zarbalar berishni davom ettirmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.Jurnalistlar undan so‘nggi 48 soat ichida Rossiyaga uyushtirilgan hujum urinishlariga Moskva qanday javob berishini so‘rashdi.Yevropa bilan muloqotMoskva Yevropa davlatlari bilan muloqot boshlashni rejalashtirmoqda. Bundan maqsad ularning Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal etishga qanchalik tayyorligini aniqlashdir.U, shuningdek, "xohlovchilar koalitsiyasi" tinchlikka intilayotganmi yoki urushni davom ettirishni xohlayaptimi, degan savolni qo‘ydi.Konstantinovkadagi gumanitar missiyaMoskva Konstantinovkada gumanitar operatsiya o‘tkazish tashabbusidan voz kechmagan.U Zelenskiy va Kiyevning boshqa vakillari bayonotlarini Ukraina tomoni bunday gumanitar amaliyotni davom ettirishni istamayotganining belgisi sifatida baholadi. Biroq Rossiya o‘z tayyorligini saqlab qolmoqda.Rossiyaning muzlatilgan aktivlariMoskva Yevropa Ittifoqida Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan Ukrainani moliyalashtirish uchun foydalanish masalasiga ham munosabat bildirdi.Rossiya tomoni aktivlarning bloklanishi va ulardan keladigan foizlarning ishlatilishini noqonuniy deb hisoblaydi hamda o‘z huquqlarini himoya qilish uchun barcha qonuniy choralarni ko‘radi.Ma’lumot uchun, Euroclear depozitariysida Rossiyaning 200 mlrd yevroga yaqin muzlatilgan aktivlari saqlanmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20261118/europe-ukraine-tajovuzkor-bayonotlar-62102346.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/17/62241723_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_18ab22dddb9f1ffb6b82606477072194.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dmitriy peskov, yevropa ittifoqi, ukraina, rossiya
dmitriy peskov, yevropa ittifoqi, ukraina, rossiya
Peskov: Rossiya Ukrainadagi harbiy infratuzilmaga zarbalarni davom ettiradi
Peskov Rossiya Ukrainadagi harbiy obyektlarga zarbalar davom etishini aytdi. Shuningdek, Yevropa bilan muloqotga ham to‘xtaldi.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainadagi harbiy infratuzilmaga har kuni keng ko‘lamli kompleks zarbalar berishni davom ettirmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb
xabar berdi RIA Novosti.
Jurnalistlar undan so‘nggi 48 soat ichida Rossiyaga uyushtirilgan hujum urinishlariga Moskva qanday javob berishini so‘rashdi.
"Harbiylarimiz har kuni Ukrainadagi harbiy infratuzilmaga keng ko‘lamli kompleks zarbalar berish amaliyotini davom ettirmoqda. Bu amaliyot Kiyev rejimi uchun juda va juda og‘riqli oqibatlarni keltirib chiqarmoqda", — dedi Peskov.
Moskva Yevropa davlatlari bilan muloqot boshlashni rejalashtirmoqda. Bundan maqsad ularning Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal etishga qanchalik tayyorligini aniqlashdir.
"Biz yevropaliklar bilan muloqot boshlashni nazarda tutapmiz. Ularning tinchlik o‘rnatishga qanchalik hissa qo‘shishga tayyorligini tushunishimiz kerak", — dedi Peskov.
U, shuningdek, "xohlovchilar koalitsiyasi" tinchlikka intilayotganmi yoki urushni davom ettirishni xohlayaptimi, degan savolni qo‘ydi.
Konstantinovkadagi gumanitar missiya
Moskva Konstantinovkada gumanitar operatsiya o‘tkazish tashabbusidan voz kechmagan.
"Pozitsiyada o‘zgarish bo‘lgani yo‘q, gumanitar missiya bo‘yicha tashabbus o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda. Kiyev rejimidan hech qanday munosabat olmadik", — dedi Peskov.
U Zelenskiy va Kiyevning boshqa vakillari bayonotlarini Ukraina tomoni bunday gumanitar amaliyotni davom ettirishni istamayotganining belgisi sifatida baholadi. Biroq Rossiya o‘z tayyorligini saqlab qolmoqda.
Rossiyaning muzlatilgan aktivlari
Moskva Yevropa Ittifoqida Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan Ukrainani moliyalashtirish uchun foydalanish masalasiga ham munosabat bildirdi.
Rossiya tomoni aktivlarning bloklanishi va ulardan keladigan foizlarning ishlatilishini noqonuniy deb hisoblaydi hamda o‘z huquqlarini himoya qilish uchun barcha qonuniy choralarni ko‘radi.
Peskov Belgiyaning Euroclear depozitariysi va mamlakat hukumati ham Rossiya mablag‘larini musodara qilish jiddiy huquqiy oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirayotganini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, Euroclear depozitariysida Rossiyaning 200 mlrd yevroga yaqin muzlatilgan aktivlari saqlanmoqda.