OAV: Qirg‘izistondagi yong‘inda ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishPojar na sklade, arxivnoe foto
Pojar na sklade, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2026
Obuna bo‘lish
Manas (sobiq Jalolobod) shahrida qurilayotgan binodagi yong‘inda ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, yana bir o‘zbekistonlik reanimatsiyaga yotqizildi
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Qirg‘izistonning Manas (sobiq Jalolobod) shahrida qurilayotgan binoda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, yana bir o‘zbekistonlik jabrlandi. Bu haqda Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayangan holda Sputnik Qirg‘iziston xabar berdi.
Yong‘in 22-noyabr kuni Manas shahriga qarashli Intimak qishlog‘idagi qurilayotgan binoda sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida uch nafar O‘zbekiston fuqarosi jabr ko‘rgan. Qutqaruvchilar ulardan ikki nafarini binodan olib chiqib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirgan. Ulardan biri is gazidan zaharlanish oqibatida shifoxonada vafot etgan, ikkinchisi reanimatsiya bo‘limida qolmoqda.
Yana bir O‘zbekiston fuqarosi ham yong‘in paytida ajralgan is gazidan zaharlanib, voqea joyida halok bo‘lgan. Qutqaruvchilar uning jasadini binodan olib chiqqan.
Yong‘inni o‘chirishga uchta o‘t o‘chirish guruhi jalb qilingan. Soat 21:45 da yong‘in qurshab olingan va 22:56 da to‘liq o‘chirilgan.
Hozir yong‘in sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
V mejdunarodnom aeroportu Manas v Kirgizstane proizoshla avariya s samoletom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2026
187 kishi bor samolyotda favqulodda holat: “Manas” aeroporti reyslarni to‘xtatdi
Yangiliklar lentasi
0