Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

WSJ: Ukraina qurol ishlab chiqarishni yanada oshirishda qiynalmoqda

© Sputnik / Stanislav Krasilnikov / Mediabankka o‘tishFlag i gerb Ukraini v osvobojdennom rossiyskimi voyskami Krasnoarmeyske v DNR.
Flag i gerb Ukraini v osvobojdennom rossiyskimi voyskami Krasnoarmeyske v DNR. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2026
Obuna bo‘lish
Ukrainada qurol ishlab chiqarishni kengaytirish uchun mablag‘ va malakali ishchilar yetishmayapti, xavfsiz joy topish ham qiyin.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Ukraina mudofaa sanoati tez rivojlanganiga qaramay, ishlab chiqarishni yanada kengaytirishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Soha o‘z imkoniyatlari chegarasiga yaqinlashgan bo‘lishi mumkin, deb yozdi The Wall Street Journal mudofaa korxonalari rahbarlari va harbiy tahlilchilarga tayanib.
Nashrning ta’kidlashicha, Kiyev Rossiya bilan bir xil miqyosda raketalar ishlab chiqarish imkoniyatiga ega emas. Xususan, Ukrainaning "Neptun" raketalarini ishlab chiqarish hajmi Rossiyaning raketa ishlab chiqarish ko‘rsatkichlaridan ancha past.
"Luch" konstruktorlik burosi rahbari Oleg Korostelovning aytishicha, joriy yilda bir necha yuzta "Neptun" raketasi ishlab chiqariladi, biroq ularning soni mingtaga yetmaydi.
Gazeta Ukraina mudofaa sanoatidagi asosiy muammolarni sanab o‘tdi:
Mablag‘ taqchilligi. Moliyalashtirish 1300 dan ortiq kompaniya o‘rtasida taqsimlangani sababli eng istiqbolli korxonalar ham yetarlicha sarmoya ololmayapti.
Kompaniyalarning haddan tashqari ko‘payishi. Mudofaa sohasidagi startaplar soni shunchalik ortganki, ichki bozor ularning barchasini rivojlantirish uchun yetarli emas.
Malakali kadrlar yetishmasligi. Millionlab odamlar mamlakatni tark etgan yoki armiyada xizmat qilayotgan sharoitda yangi ishchilarni topish qiyinlashgan.
Xavfsizlik muammosi. Rossiya zarbalari xavfi tufayli korxonalar ishlab chiqarishni kengaytirish uchun yangi binolar topishda qiynalmoqda.
Mudofaa kompaniyalaridan biri rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ko‘chmas mulk egalari o‘z binolarini harbiy ishlab chiqarish uchun ijaraga berishdan cho‘chiydi, chunki ular zarba nishoniga aylanishi mumkin.
WSJ qayd etishicha, bu muammolar Ukraina mudofaa kompaniyalarini xorijdan sarmoya izlashga va ishlab chiqarishning bir qismini boshqa mamlakatlarga ko‘chirishga undamoqda.
Gosudarstvennie flagi Ukraini i flagi s simvolikoy Yevrosoyuza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Welt: Ukraina G‘arb yordamisiz Rossiya bilan mojaroni davom ettira olmaydi
Yangiliklar lentasi
0