Toshkentda Erkin Orolning "Erkin dunyo" ko‘rgazmasi ochildi
Toshkentda Erkin Orolning "Erkin dunyo" ko‘rgazmasi ochildi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent Fotosuratlar uyida Erkin Orolning shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi. Musavvir portret, manzara va naturmortlarida inson xarakteri, kundalik hayot hamda milliy an’analarni tasvirlaydi. Rassom Surxondaryoda tug‘ilgan.
Toshkent Fotosuratlar uyida rassom Erkin Orolning "Erkin dunyo" nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi.Ko‘rgazmada rassomning 30-yillik ijodi davomida yaratgan 70 ga yaqin asari jamlangan. Ularning aksariyati ilk bor namoyish etilmoqda.Musavvirning asarlarida akademik rangtasvir maktabi an’analari, impressionistlarga xos erkin uslub va o‘zbek tasviriy san’atining milliy xususiyatlari uyg‘unlashgan.Erkin Orol portretlarida qahramonlarining fe’l-atvori va ichki dunyosini ochib berishga intiladi. Maishiy janrdagi kartinalarida odamlarning kundalik hayotini tabiat bilan uyg‘unlikda tasvirlaydi.Rassom 1976-yilda Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida tug‘ilgan. U Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida tahsil olgan.Ona yurt tabiati, odamlari va qadriyatlari musavvir ijodida alohida o‘rin tutadi. U turli yillarda Surxondaryo mavzusiga qayta-qayta murojaat qilgan.Jumladan, 2009-yilda Surxondaryo arxeologiya muzeyida uning "Vatan sog‘inchi" nomli shaxsiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tgan. 2010-yilda esa rassom "Surxon nafasi" ko‘rgazmasini taqdim etgan.
Toshkent Fotosuratlar uyida Erkin Orolning shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi. Unda uning turli janrdagi asarlari namoyish etilmoqda.
Toshkent Fotosuratlar uyida rassom Erkin Orolning "Erkin dunyo" nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi.
Ko‘rgazmada rassomning 30-yillik ijodi davomida yaratgan 70 ga yaqin asari jamlangan. Ularning aksariyati ilk bor namoyish etilmoqda.
Musavvirning asarlarida akademik rangtasvir maktabi an’analari, impressionistlarga xos erkin uslub va o‘zbek tasviriy san’atining milliy xususiyatlari uyg‘unlashgan.
Erkin Orol portretlarida qahramonlarining fe’l-atvori va ichki dunyosini ochib berishga intiladi. Maishiy janrdagi kartinalarida odamlarning kundalik hayotini tabiat bilan uyg‘unlikda tasvirlaydi.
Naturmortlarida esa milliy kashta naqshlari va sopol idishlar orqali xalq hunarmandchiligi an’analarini aks ettiradi.
Rassom 1976-yilda Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida tug‘ilgan. U Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida tahsil olgan.
Ona yurt tabiati, odamlari va qadriyatlari musavvir ijodida alohida o‘rin tutadi. U turli yillarda Surxondaryo mavzusiga qayta-qayta murojaat qilgan.
Jumladan, 2009-yilda Surxondaryo arxeologiya muzeyida uning "Vatan sog‘inchi" nomli shaxsiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tgan. 2010-yilda esa rassom "Surxon nafasi" ko‘rgazmasini taqdim etgan.