Moskva shahri va viloyatida patent 11 ming yoki 15,6 ming rubl bo‘lishi mumkin

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishVidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti
Vidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2026
Obuna bo‘lish
Moskva hukumati 2027-yilda mehnat migrantlari uchun patent to‘lovini ish beruvchi turiga qarab 11 ming va 15,6 ming rubl etib belgilashni taklif qildi.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Moskva shahri va Moskva viloyatida 2027-yildan mehnat migrantlari uchun patent to‘lovini ish beruvchi turiga qarab 11 ming yoki 15,6 ming rubl etib belgilash taklif qilindi. Bu haqda Moskva viloyati dumasiga kiritilgan qonun loyihasi va Moskva shahar dumasida ko‘rib chiqilayotgan hujjatda ma’lum qilingan.
20 noyabr kuni Moskva meri Sergey Sobanin ham shahar dumasiga mehnat migrantlari uchun patent to‘lovlarini o‘zgartirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini kiritdi.
Har ikki hududda 2026-yil uchun patentning oylik narxi 10 ming rublni tashkil etadi. Yangi loyihalarda esa ish beruvchining huquqiy maqomiga qarab ikki xil to‘lov nazarda tutilgan:
11 ming rubl — korxonalar, tashkilotlar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius va advokatlar qo‘lida ishlaydigan migrantlar uchun;
15,6 ming rubl — jismoniy shaxslarning shaxsiy va uy-ro‘zg‘or ehtiyojlari uchun yollanib ishlaydigan migrantlar uchun. Masalan, uy xizmatchisi, enaga yoki qarovchi bo‘lib ishlaydiganlar ushbu toifaga kirishi mumkin.
Patent uchun xarajat qanchaga oshadi?
Agar qonun loyihalari qabul qilinsa, tashkilotlarda ishlaydigan migrantlar oyiga hozirgidan 1000 rubl, ya’ni 10 foiz ko‘proq to‘laydi.
Jismoniy shaxslar qo‘lida ishlaydiganlar uchun esa to‘lov 5600 rublga yoki 56 foizga oshadi.
Rossiyada farzandlari bilan yashayotgan migrantlar uchun qo‘shimcha to‘lov
2027 yildan Rossiyada migrantlar uchun yana bir muhim o‘zgarish kuchga kiradi.
2026 yil 26-iyulda qabul qilingan 242-FZ-sonli federal qonunga muvofiq, Rossiyada yashaydigan va migrant qaramog‘ida bo‘lgan 18 yoshga to‘lmagan har bir farzand uchun belgilangan to‘lov summasining yana 50 foizi qo‘shib hisoblanadi.
Masalan, Moskvada patentning oylik to‘lovi 11 ming rubl etib belgilansa, Rossiyada qaramog‘ida bitta voyaga yetmagan farzandi bo‘lgan migrantning to‘lovi 16,5 ming rublni tashkil etadi. Ikkita farzandi bo‘lsa, bu summa 22 ming rublga yetadi.
Bu qoida Rossiyada migrant bilan birga yashayotgan va uning qaramog‘ida bo‘lgan farzandlarga taalluqli. O‘zbekistonda yashaydigan farzandlar uchun mazkur qo‘shimcha to‘lov hisoblanmaydi.
Shuningdek, bu talab faqat Moskvaga emas, Rossiyaning boshqa hududlariga ham tegishli.
Vidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2026
Rossiyada mehnat migrantlari uchun patent bo‘yicha qator o‘zgarishlar kutilmoqda — tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0