https://oz.sputniknews.uz/20261122/mexico-fbi-narkobaron-qolga-olinish-62207466.html
Meksikada FQB 5 mln dollar va’da qilgan narkobaron qo‘lga olindi: 11 kishi halok bo‘ldi
Meksikada FQB 5 mln dollar va’da qilgan narkobaron qo‘lga olindi: 11 kishi halok bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Meksikada FQBning eng ko‘p qidirilayotgan 10 jinoyatchisidan biri — "El Chapo Isidro" qo‘lga olindi. Operatsiyada 11 kishi halok bo‘ldi. AQSh uning uchun 5 mln dollar va’da qilgan. U mashhur "El Chapo" Gusmanning raqibi bo‘lgan.
2026-11-22T10:19+0500
2026-11-22T10:19+0500
2026-11-22T10:26+0500
jinoyatchi
qamoq
aqsh
narkotik
meksika
qurol-yarog‘
dunyo yangiliklari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/16/62207682_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_be88ab5bf7034c4dbf2f65935a643cca.jpg
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Meksikada AQSh Federal qidiruv burosi (FQB) eng ko‘p qidirayotgan o‘n jinoyatchidan biri — Fausto Isidro Mesa Flores qo‘lga olindi. "El Chapo Isidro" laqabi bilan tanilgan narkobaronni ushlash operatsiyasi 11 kishining o‘limi bilan yakunlandi. Bu haqda AQSh Adliya vazirligi ma’lum qildi.Operatsiya 20-noyabr kuni Meksikaning Sinaloa shtatidagi Guasave shahrida o‘tkazildi. Maxsus kuchlar narkobaron yashiringan uyni qurshab olganida, qurolli shaxslar qarshilik ko‘rsatdi. To‘qnashuvlarda yetti nafar gumonlanuvchi va to‘rt nafar harbiy halok bo‘ldi. Yana sakkiz kishi qo‘lga olindi.Narkobaronning qo‘lga olinishi ortidan Guasaveda otishmalar va tartibsizliklar boshlandi. Jinoiy guruh a’zolari yo‘llarni to‘sib, avtomobillarga o‘t qo‘ydi. Ayrim aholi vakillari otishmalardan do‘konlarda yashirinishga majbur bo‘ldi. Qo‘lga olinganlar harbiy samolyotda Mexikoga olib ketildi.AQSh Davlat departamenti Meza Floresni qo‘lga olishga yordam beradigan ma’lumot uchun 5 million dollargacha mukofot va’da qilgan edi.U 2025-yil fevralda FQBning eng ko‘p qidirilayotgan o‘n jinoyatchi ro‘yxatiga kiritilgan.AQSh tergov organlari ma’lumotlariga ko‘ra, u boshqargan tashkilot yigirma yil davomida AQShga katta miqdorda kokain, geroin, metamfetamin va boshqa giyohvand moddalarni yetkazib berish bilan shug‘ullangan.Ikki "El Chapo"ning raqobatiQo‘lga olingan Fausto Isidro Meza Floresni mashhur narkobaron Xoakin "El Chapo" Gusman bilan adashtirmaslik kerak. Ular bir xil laqab bilan tanilgan bo‘lsa-da, aslida raqib bo‘lgan.Meza Flores dastlab Beltran Leyva narkokarteli safida faoliyat yuritgan. 2008-yilda ushbu kartel va Gusman boshqargan Sinaloa karteli o‘rtasidagi ittifoq buzilib, qurolli raqobat boshlangan. Keyinchalik Meza Flores o‘z jinoiy guruhini tashkil etgan.Xoakin Gusman esa 2017-yilda AQShga ekstraditsiya qilingan va 2019-yilda umrbod qamoq jazosiga hukm etilgan.Biroq xavfsizlik bo‘yicha ayrim ekspertlar narkokartel rahbarlarining hibsga olinishi jinoiy guruhlar o‘rtasida hududlar uchun yangi kurashni keltirib chiqarishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260823/surxondaryo-tort-kishi-ushlanish-59896575.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/16/62207682_171:0:2900:2047_1920x0_80_0_0_8c451f7c645193d0d9cd754feceb3130.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jinoyatchi, qamoq, aqsh, narkotik, meksika, qurol-yarog‘, dunyo yangiliklari
jinoyatchi, qamoq, aqsh, narkotik, meksika, qurol-yarog‘, dunyo yangiliklari
Meksikada FQB 5 mln dollar va’da qilgan narkobaron qo‘lga olindi: 11 kishi halok bo‘ldi
10:19 22.11.2026 (yangilandi: 10:26 22.11.2026) Meksikada AQSh uning qo‘lga olinishiga yordam beradigan ma’lumot uchun 5 million dollar mukofot va’da qilgan narkobaron ushlandi. Operatsiyada 11 kishi halok bo‘ldi.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Meksikada AQSh Federal qidiruv burosi (FQB) eng ko‘p qidirayotgan o‘n jinoyatchidan biri — Fausto Isidro Mesa Flores qo‘lga olindi. "El Chapo Isidro" laqabi bilan tanilgan narkobaronni ushlash operatsiyasi 11 kishining o‘limi bilan yakunlandi. Bu haqda AQSh Adliya vazirligi
ma’lum qildi.
Operatsiya 20-noyabr kuni Meksikaning Sinaloa shtatidagi Guasave shahrida o‘tkazildi. Maxsus kuchlar narkobaron yashiringan uyni qurshab olganida, qurolli shaxslar qarshilik ko‘rsatdi. To‘qnashuvlarda yetti nafar gumonlanuvchi va to‘rt nafar harbiy halok bo‘ldi. Yana sakkiz kishi qo‘lga olindi.
Meza Flores bilan birga uning o‘rinbosari va jinoiy tashkilotning moliyaviy ishlariga mas’ul shaxs ham ushlandi. Harbiylar yirik kalibrli qurollar, granatomot, granatalar, giyohvand moddalar va naqd pullarni musodara qildi.
Narkobaronning qo‘lga olinishi ortidan Guasaveda otishmalar va tartibsizliklar boshlandi. Jinoiy guruh a’zolari yo‘llarni to‘sib, avtomobillarga o‘t qo‘ydi. Ayrim aholi vakillari otishmalardan do‘konlarda yashirinishga majbur bo‘ldi. Qo‘lga olinganlar harbiy samolyotda Mexikoga olib ketildi.
AQSh Davlat departamenti Meza Floresni qo‘lga olishga yordam beradigan ma’lumot uchun 5 million dollargacha mukofot va’da qilgan edi.
U 2025-yil fevralda FQBning eng ko‘p qidirilayotgan o‘n jinoyatchi ro‘yxatiga kiritilgan.
AQSh tergov organlari ma’lumotlariga ko‘ra, u boshqargan tashkilot yigirma yil davomida AQShga katta miqdorda kokain, geroin, metamfetamin va boshqa giyohvand moddalarni yetkazib berish bilan shug‘ullangan.
Meza Floresga giyohvand moddalar savdosi, pul yuvish, qurol-yarog‘ bilan bog‘liq jinoyatlar va narkoterrorizm ayblovlari qo‘yilgan.
Ikki "El Chapo"ning raqobati
Qo‘lga olingan Fausto Isidro Meza Floresni mashhur narkobaron Xoakin "El Chapo" Gusman bilan adashtirmaslik kerak. Ular bir xil laqab bilan tanilgan bo‘lsa-da, aslida raqib bo‘lgan.
Meza Flores dastlab Beltran Leyva narkokarteli safida faoliyat yuritgan. 2008-yilda ushbu kartel va Gusman boshqargan Sinaloa karteli o‘rtasidagi ittifoq buzilib, qurolli raqobat boshlangan. Keyinchalik Meza Flores o‘z jinoiy guruhini tashkil etgan.
Xoakin Gusman esa 2017-yilda AQShga ekstraditsiya qilingan va 2019-yilda umrbod qamoq jazosiga hukm etilgan.
Meza Floresning qo‘lga olinishi AQSh va Meksika maxsus xizmatlari hamkorligi natijasi bo‘ldi.
Biroq xavfsizlik bo‘yicha ayrim ekspertlar narkokartel rahbarlarining hibsga olinishi jinoiy guruhlar o‘rtasida hududlar uchun yangi kurashni keltirib chiqarishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.