https://oz.sputniknews.uz/20261122/germany-russia-tank-jonatish-62218926.html
Rossiyani provokatsiya qilmaslik uchun Germaniya tanklarni poyezdda jo‘natdi — Bild
Rossiyani provokatsiya qilmaslik uchun Germaniya tanklarni poyezdda jo‘natdi — Bild
Sputnik O‘zbekiston
Germaniya Litvadagi Grand Eagle 26 mashg‘ulotlariga tanklarni avtokolonnada emas, poyezdda jo‘natdi. Bild ma’lumoticha, NATO bunday qarorni Rossiyani provokatsiya qilmaslik uchun qabul qilgan. Bundesver buni odatiy amaliyot deb atadi.
2026-11-22T18:19+0500
2026-11-22T18:19+0500
2026-11-22T18:19+0500
dunyo yangiliklari
nato
germaniya
taktik o‘quv mashg‘ulotlari
harbiy texnika
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/19/31705547_0:0:2598:1461_1920x0_80_0_0_9fbc1e70dba19132f7ef8e1eea29313e.jpg
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Germaniya va NATO Litvadagi harbiy mashg‘ulotlarga tanklar va boshqa texnikalarni jo‘natish rejasini Rossiyaning ehtimoliy reaksiyasini hisobga olgan holda o‘zgartirdi. Bu haqda Bild harbiy doiralardagi manbalariga tayanib xabar berdi.Dastlab Bundesverning 10-tank diviziyasiga tegishli tanklar va boshqa harbiy texnikalar Polsha hududi orqali avtokolonnada Litvaga yo‘l olishi rejalashtirilgan edi. Biroq ko‘chirish boshlanishidan oldin NATO bilan maslahatlashuvlardan so‘ng reja o‘zgartirildi. Texnikalarni temir yo‘l orqali yetkazishga qaror qilindi.NATO harbiy tuzilmalari vakilining tushuntirishicha, mashg‘ulotlarni rejalashtirish jarayonida vaziyat muntazam baholanadi. Zarur hollarda ehtimoliy provokatsiyalarning oldini olish va harbiy tiyib turishni ta’minlash maqsadida rejalarga o‘zgartirish kiritiladi.Germaniya Mudofaa vazirligi esa harbiy texnikalarni tashish usulini o‘zgartirish odatiy amaliyot ekanini bildirdi. Vazirlik bunday imkoniyatlar haqiqiy favqulodda vaziyatlarda ham qo‘llanilishi uchun oldindan mashq qilinishi lozimligini ta’kidladi.Gap Litvada o‘tkazilayotgan Grand Eagle 26 harbiy mashg‘ulotlari haqida bormoqda. Ularda Germaniyaning taxminan 1800 nafar harbiy xizmatchisi va 750 dan ortiq harbiy texnika vositasi ishtirok etmoqda.Shu bilan birga, Germaniya 2027-yil oxirigacha Litvada qariyb 5 ming nafar harbiy va fuqarolik xodimidan iborat doimiy brigadani to‘liq joylashtirishni rejalashtirmoqda.Rossiya rahbariyati NATO mamlakatlariga hujum qilish rejasi yo‘qligini bir necha bor bildirgan. Vladimir Putin G‘arbda Rossiya tomonidan tahdid mavjudligi haqidagi bayonotlarni vaziyatni sun’iy ravishda keskinlashtirishga urinish deb baholagan.
https://oz.sputniknews.uz/20261005/lavrov-nato-60970976.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/19/31705547_0:0:1948:1461_1920x0_80_0_0_a7b8d2eef0db67b51065259233fe7b36.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, nato, germaniya, taktik o‘quv mashg‘ulotlari , harbiy texnika, rossiya
dunyo yangiliklari, nato, germaniya, taktik o‘quv mashg‘ulotlari , harbiy texnika, rossiya
Rossiyani provokatsiya qilmaslik uchun Germaniya tanklarni poyezdda jo‘natdi — Bild
Bild yozishicha, Rossiyani provokatsiya qilmaslik uchun nemis tanklari Litvaga Polsha orqali avtokolonnada emas, poyezdda yuborildi.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Germaniya va NATO Litvadagi harbiy mashg‘ulotlarga tanklar va boshqa texnikalarni jo‘natish rejasini Rossiyaning ehtimoliy reaksiyasini hisobga olgan holda o‘zgartirdi. Bu haqda Bild harbiy doiralardagi manbalariga tayanib
xabar berdi.
Dastlab Bundesverning 10-tank diviziyasiga tegishli tanklar va boshqa harbiy texnikalar Polsha hududi orqali avtokolonnada Litvaga yo‘l olishi rejalashtirilgan edi. Biroq ko‘chirish boshlanishidan oldin NATO bilan maslahatlashuvlardan so‘ng reja o‘zgartirildi. Texnikalarni temir yo‘l orqali yetkazishga qaror qilindi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bunga nemis tanklarining NATO sharqiy chegaralari tomon ochiq harakatlanishi Rossiyani provokatsiya qilishi mumkinligi haqidagi xavotirlar sabab bo‘lgan.
NATO harbiy tuzilmalari vakilining tushuntirishicha, mashg‘ulotlarni rejalashtirish jarayonida vaziyat muntazam baholanadi. Zarur hollarda ehtimoliy provokatsiyalarning oldini olish va harbiy tiyib turishni ta’minlash maqsadida rejalarga o‘zgartirish kiritiladi.
Germaniya Mudofaa vazirligi esa harbiy texnikalarni tashish usulini o‘zgartirish odatiy amaliyot ekanini bildirdi. Vazirlik bunday imkoniyatlar haqiqiy favqulodda vaziyatlarda ham qo‘llanilishi uchun oldindan mashq qilinishi lozimligini ta’kidladi.
Gap Litvada o‘tkazilayotgan Grand Eagle 26 harbiy mashg‘ulotlari haqida bormoqda. Ularda Germaniyaning taxminan 1800 nafar harbiy xizmatchisi va 750 dan ortiq harbiy texnika vositasi ishtirok etmoqda.
Mashg‘ulotlarning asosiy vazifalaridan biri Bundesver bo‘linmalarini NATOning sharqiy qanotiga tezkor ko‘chirishni mashq qilishdan iborat.
Shu bilan birga, Germaniya 2027-yil oxirigacha Litvada qariyb 5 ming nafar harbiy va fuqarolik xodimidan iborat doimiy brigadani to‘liq joylashtirishni rejalashtirmoqda.
Rossiya rahbariyati NATO mamlakatlariga hujum qilish rejasi yo‘qligini bir necha bor bildirgan. Vladimir Putin G‘arbda Rossiya tomonidan tahdid mavjudligi haqidagi bayonotlarni vaziyatni sun’iy ravishda keskinlashtirishga urinish deb baholagan.