Ukraina aholisi “Yevromaydan”dan so‘ng ikki baravar kamaydi

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishUchastnitsa protestnix mitingov za yevrointegratsiyu Ukraini na ulitse Grushevskogo v Kiyeve
Uchastnitsa protestnix mitingov za yevrointegratsiyu Ukraini na ulitse Grushevskogo v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2026
Obuna bo‘lish
2014-yil 1-yanvarda Ukraina aholisi 45,4 million kishini tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 20-25 milliondan oshmaydi.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Ukraina statistikasi va rasmiylar bayonotlariga ko‘ra, "Yevromaydan" voqealaridan so‘yen mamlakat aholisi deyarli 50% ga kamaygan. Davlat statistika xizmatiga ko‘ra, 2014-yil 1-yanvarda mamlakat aholisi 45,4 million kishini tashkil etgan.
Ukrainada 2022-yildan aholi soni bo‘yicha rasmiy statistikani j’lon qilish to‘xtatilgan bo‘lsada, 2026-yil may oyida mamlakat ijtimoiy siyosat vaziri Denis Ulyutin Kiyev nazoratidagi hududdagi aholi sonini 22-25 million deb baholadi.
Ukrainaning sobiq bosh vaziri Nikolay Azarov RIA Novosti agentligiga bergan izohida yanada pastroq raqamni keltirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina aholisi taxminan 20 million kishiga kamaygan. Shunday qilib, hozirda Ukrainada “Yevromaydan”dan oldingi Ukraina aholisining yarmi yashaydi.
Ba’zi ko‘rsatkichlar mamlakatning demografik inqirozini ham ko‘rsatadi. Davlat statistika xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2013-yil sentabrida Ukraina maktablariga 451 000 birinchi sinf o‘quvchisi kirgan bo‘lsa, 2026-yil sentabrida esa bu ko‘rsatkich 243 000 gatushgan. Bu 46% ga kamayishni anglatadi.
Adliya vazirligi statistikasiga tayanib, Ukrainaning Opendatabot tahliliy resursiga ko‘ra, 2026-yilning birinchi yarmida Ukrainada o‘lim darajasi tug‘ilish darajasidan to‘rt baravar yuqori bo‘lgan.
21-noyabr, shanba kuni Kiyev markazida “Yevromaydan” norozilik namoyishlari boshlanganiga 13-yil to‘ldi, unda ishtirokchilar Yevropa Ittifoqi bilan integratsiyani talab qilishdi va mamlakat turmush darajasining yaxshilanishini kutishdi. Namoyishlar qonuniy prezident Viktor Yanukovichni ag‘darib tashlagan davlat to‘ntarishi bilan yakunlandi va mamlakatda chuqur bo‘linishlarga olib keldi.
Yangiliklar lentasi
0