Press-sentr Sputnik Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

“Sputnik”da Toshkent metrosi qanday o‘zgarishi muhokama qilinadi

© SputnikPress-sentr Sputnik Uzbekistan
Press-sentr Sputnik Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.11.2026
Obuna bo‘lish
Mutaxassislar Toshkent metropolitenini rivojlantirish, uning infratuzilmasini modernizatsiya qilish va yo‘lovchilar oqimini samarali boshqarish uchun raqamli yechimlarni joriy etish rejalari haqida so‘zlab beradi.
TOShKENT, 20 noya – Sputnik. Poytaxt metropolitenini rivojlantirish, harakat tarkibini yangilash, infratuzilmani modernizatsiya qilish va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish rejalari bo‘yicha matbuot anjumani 23-noyabr kuni soat 12:00 da Sputnik multimedia matbuot markazida bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilar:
“Toshkent metropoliteni” AJ boshqaruv raisining raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari Elor Eltayev;
“Toshkent metropoliteni” AJ bosh muhandisi o‘rinbosari Akmal Aliqulov;
“Toshkent metropoliteni” AJ Chilonzor elektr deposi boshlig‘i Rustam Shafiqov;
“Toshkent metropoliteni” AJ Investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘limi boshlig‘i Anvar Axtamov.
Metropoliten vakillari yaqin kelajakda Toshkentga yangi poyezdlar kelganda yo‘lovchilar qanday o‘zgarishlarni his qilishlari, qaysi bekatlarga liftlar o‘rnatilishi va metro modernizatsiyasida qanday xorijiy texnologiyalar qo‘llanilishi haqida so‘zlab berishadi.
Xalqaro hamkorlikka, jumladan, Rossiya bilan hamkorlikka alohida e’tibor qaratiladi: ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlari va tashkilotlar bilan qo‘shma loyihalar, zamonaviy muhandislik yechimlarini joriy etish, mutaxassislar tayyorlash va tajriba almashish.
Ishtirok etish uchun jurnalistlar taklif etiladi. Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
Telefon: +998 97 190 71 78
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri: Alisher Akimbayev
Yangiliklar lentasi
0