Yagona raqamli boshqaruv, QR-kodli diplomlar: sport sohasida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi

© Sputnik
Obuna bo‘lish
2027 yil 1-yanvardan sport musobaqalarining sovrindorlariga QR-kodli diplom hamda sertifikatlar elektron shaklda berish yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 20 noya – Sputnik. O‘zbekiston sport sohasida yagona raqamli boshqaruv tizimi joriy etiladi. Bu haqda sport vaziri o‘rinbosari Murad Ismailov OAV vakillari bilan o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar beradi Sputnik muxbiri.
Ismalovning aytishicha, endilikda "ERP sport" yagona elektron platformasi orqali sport muassasalari, sportchilar, murabbiylar, sport inshootlari va musobaqalarga oid ma’lumotlar markazlashtiriladi.
Bu orqali sport sohasidagi jarayonlarni onlayn monitoring qilish va boshqaruv qarorlarini aniqlik asosida qabul qilish imkoniyati yaratiladi.
Bu orqali sport sohasidagi jarayonlarni onlayn monitoring qilish va boshqaruv qarorlarini aniqlik asosida qabul qilish imkoniyati yaratiladi.

Press-konferensiya s uchastiyem predstaviteley Minsporta
© Sputnik
Sport ta’lim muassasalarida pulli xizmatlar ustidan elektron nazorat o‘rnatiladi. Tizim 2027-yil 1-fevraldan boshlab yo‘lga qo‘yiladi.
Bunda sport-ta’lim muassasalarida pullik xizmatlardan tushadigan mablag‘lar "ERP sport" tizimi Markaziy bankning "Munis" tizimiga integratsiya qilinadi.
Tushumlarning 80 foizi sport-ta’lim muassasalariga, 10 foizi Sport vazirligining Sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga, qolgan 10 foizi esa "Raqamlashtirish va sertifikatlash markazi" MChJga yo‘naltiriladi.

2027 yil 1-yanvardan sport musobaqalarining sovrindorlariga QR-kodli diplom hamda sertifikatlar elektron shaklda beriladi.
“Endi kimdir qo‘lida diplom bilan bir joyga borib, men bu yerda sovrindor bo‘lganman, bu yerda birinchi o‘rin olganman, degan gaplar bo‘lmaydi. Diplom va sertifikatlar "ERP sport" bazasida boshqa platformalar bilan integratsiyalashgan bo‘ladi. Ya’ni OTMlarga hujjat topshirayotganda diplomlarga imtiyoz beriladigan bo‘lsa, uni uni ko‘rsatish shart emas. Baza integratsiyalashgan holda o‘zi tekshirib yuboradi, haqiqatdan bor yoki yo‘qligini tasdiqlab beradi. Va bu bilan qalbaki diplom va qalbaki sertifikatlarning oldi olinadi”, - deydi vazir o‘rinbosari.
Ismailovning aytishicha, sport turlarida kattalar, yoshlar va o‘smirlar bo‘yicha trenerlar shtatlari kabi barcha shtatlar joriy etiladi.
"Olimpiya terma jamoalari tashkil etiladigan markazda bugungi kundagi mavjud shtat birliklarimizga yetarli ish joyi mavjud. Faqat endilikda yangi talab etiladigan malakaga ularning qanchalik mos kelishi, ma’lumoti, ularning tajribalari hisobga olinadi. Hech kim ko‘chada qolmaydi demoqchiman", - deydi u.

O‘zbekistonda Olimpiya terma jamoalari markazi tashkil etiladi.
Sport vaziri o‘rinbosarining ko‘ra, markaz gimnastika, yengil atletika, sport o‘yinlari, suv sport turlari, qishki va murakkab texnik sport turlari hamda yakkakurash sport turlari bo‘yicha faoliyat olib boradi.
Yangi markaz tugatilayotgan respublika oliy sport mahorati maktablarining huquqiy vorisi hisoblanadi hamda Olimpiya shaharchasiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi