Rossiya va O‘zbekiston mudofaa vazirlari hamkorlik rejasini imzoladi

© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Rossiya va O‘zbekistonning mudofaa sohasida hamkorligi yuqori darajaga ko‘tarildi.
TOShKENT, 20 noya – Sputnik. Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov va O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Botir Qudratxo‘jayev 2027-yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasini imzoladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Ministr oboroni RF Andrey Belousov i ministr oboroni Respubliki Uzbekistan general-mayor Botir Kudratxodjayev podpisali plan sotrudnichestva na 2027 god.
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Belousov O‘zbekistonga amaliy tashrifi doirasida Qudratxo‘jayev bilan muzokaralar o‘tkazdi.
“Ikki mamlakat mudofaa idoralari o‘rtasidagi hamkorlik yuqori darajaga chiqdi va kengayishda davom etmoqda. Zamonaviy sharoitda bu Markaziy Osiyo mintaqasida umumiy xavfsizlikni mustahkamlash uchun ayniqsa muhim”, - dedi Rossiya mudofaa vaziri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va O‘zbekiston hamkorlar va azaliy do‘stlardir, ularning o‘zaro hamkorligining asosiy vektorini ikki davlat prezidentlarining iliq va do‘stona munosabatlari belgilaydi.

Ministr oboroni RF Andrey Belousov i ministr oboroni Respubliki Uzbekistan general-mayor Botir Kudratxodjayev podpisali plan sotrudnichestva na 2027 god.
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Belousov hozir ikki mamlakat o‘rtasida 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan harbiy sohadagi strategik sheriklik dasturi amalga oshirilayotganini ma’lum qildi. Unga muvofiq, har yili 60 tadan ortiq tadbir o‘tkazilmoqda. Qo‘shinlarning tezkor va jangovar tayyorgarligiga, qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Oktabrda Rossiya va O‘zbekiston quruqlikdagi qo‘shinlari bo‘linmalari “Termiz” poligonida qo‘shma vazifalarni mashq qildi.
Rossiya mudofaa vazirligi rahbarining qo‘shimcha qilishicha, ikki tomonlama hamkorlikning yana bir muhim yo‘nalishi shaxsiy tarkibni o‘qitish va qurolli kuchlar faoliyati masalalari bo‘yicha muntazam maslahatlashuvlar o‘tkazishdir.
“Biz O‘zbekiston harbiy xizmatchilarining Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlarining ixtisoslashtirilgan o‘quv markazlarida malaka oshirishiga, shuningdek, haqiqiy jangovar tajribaga ega rossiyalik instruktorlar rahbarligidagi kompleks mashg‘ulotlar va treninglarga katta ahamiyat beramiz”, - dedi u.
Belousov Rossiya mudofaa idorasi O‘zbekiston Qurolli kuchlarining jangovar salohiyatini oshirish va kollektiv xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha faol hamkorlikni davom ettirishni maqsad qilganini ta’kidladi.
O‘z navbatida, general-mayor Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston prezidentining salomini yetkazdi.
“Ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Ta’kidlash joizki, bugungi kunda harbiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirishda ijobiy sur’at kuzatilmoqda", - dedi u.
O‘zbekiston mudofaa vaziri O‘zbekiston Rossiya bilan mudofaa va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
