Matviyenko: O‘zbekistonning boy tajribasi MDH PA nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi

© Press-slujba Soveta Federatsii Federalnogo Sobraniya RFVstrecha spikera Soveta Federatsii RF Valentini Matviyenko s predsedatelem Senata Oliy Majlisa Uzbekistana Tanziloy Narbayevoy
Vstrecha spikera Soveta Federatsii RF Valentini Matviyenko s predsedatelem Senata Oliy Majlisa Uzbekistana Tanziloy Narbayevoy
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.11.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hududlararo aloqalar va gumanitar hamkorlik kengaymoqda, mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi ham ortib bormoqda.
TOShKENT, 20 noya – Sputnik. O‘zbekistonning boy tajribasi, faol va bunyodkor pozitsiyasi MDH Parlamentlararo Assambleyasi (PA) va umuman Hamdo‘stlikning nufuzi va samaradorligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu haqda Rossiya Federatsiya Kengashi spikeri Valentina Matviyenko O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
© Press-slujba Soveta Federatsii Federalnogo Sobraniya RFVstrecha spikera Soveta Federatsii RF Valentini Matviyenko s predsedatelem Senata Oliy Majlisa Uzbekistana Tanziloy Narbayevoy
Vstrecha spikera Soveta Federatsii RF Valentini Matviyenko s predsedatelem Senata Oliy Majlisa Uzbekistana Tanziloy Narbayevoy
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.11.2026
Vstrecha spikera Soveta Federatsii RF Valentini Matviyenko s predsedatelem Senata Oliy Majlisa Uzbekistana Tanziloy Narbayevoy
Siyosatchilar 2027-yil 1-yanvardan MDHga raislik O‘zbekistonga o‘tishini hisobga olgan holda ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

“Mamlakatingizning boy tajribasi, faol va bunyodkor pozitsiyasi Parlamentlararo assambleya va umuman Hamdo‘stlikning nufuzi va samaradorligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. O‘z tomonimizdan barcha zarur yordam va qo‘llab-quvvatlashni ko‘rsatishga tayyormiz”, - dedi Matviyenko. Uning so‘zlarini Federatsiya Kengashi matbuot xizmati keltirdi.

Shuningdek, Moskva va Toshkent o‘rtasidagi teng huquqlilik, o‘zaro hurmat va bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillariga asoslangan munosabatlar keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik xususiyatiga ega ekani ta’kidlandi. Ularning rivojiga ikki davlat rahbarlari ham katta hissa qo‘shmoqda.
“Tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, hududlararo aloqalar va gumanitar hamkorlik kengaymoqda. Biz, parlament a’zolari, bunga har tomonlama ko‘maklashamiz", - dedi Matviyenko.
Shuningdek, u O‘zbekiston tomoniga mamlakatda rus tilini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.
Bundan tashqari, suhbat chog‘ida Matviyenko va Narbayeva Rossiya va O‘zbekiston parlamentlari yuqori palatalari o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha komissiyaning faol faoliyatini ta’kidladi. Tomonlar ikki tomonlama parlamentlararo va hududlararo aloqalarni, iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.
Shu bilan birga, Federatsiya Kengashi spikeri o‘zbekistonlik parlament a’zolarining MDH PA maydonidagi faol faoliyatini qayd etib, hamkasbini 2027-yilda bo‘lib o‘tadigan beshinchi Yevroosiyo ayollar forumi va XII Neva xalqaro ekologik kongressida ishtirok etishga taklif qildi.
Narbayeva ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik formatlarini davom ettirish va kengaytirish tarafdori ekanini ta’kidlab, Matviyenkoga O‘zbekistonning xalqaro parlament maydonlaridagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi.
Uchrashuv yakunida Tanzila Narbayevani “Sharaf” ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mukofotlash to‘g‘risidagi farmon Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolangan. Mukofot Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun topshirildi.
© Press-slujba Soveta Federatsii Federalnogo Sobraniya RFValentina Matviyenko vruchila Tanzile Narbayevoy Orden Pocheta
Valentina Matviyenko vruchila Tanzile Narbayevoy Orden Pocheta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.11.2026
Valentina Matviyenko vruchila Tanzile Narbayevoy Orden Pocheta
Turkmanistonning Avaza shahrida MDH PA kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda parlament saylovlarini xalqaro kuzatish natijalari, “Hamdo‘stlik bolalari” forumi va “Xotira poyezdi” madaniy-ma’rifiy loyihasining yakunlari ko‘rib chiqildi, shuningdek, 2027-yilgi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Turkmaniston Majlisiga Assambleya huzurida kuzatuvchi maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Toshkentda yosh jurnalistlar va blogerlar uchun mediamaktab bo‘lib o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2026
Toshkentda MDH davlatlari jurnalistlari va blogerlari uchun mediamaktab qanday o‘tdi
Yangiliklar lentasi
0