YeIK va O‘zbekiston 2030-yilgacha bo‘lgan savdo hamkorligini muhokama qildi
09:39 20.11.2026 (yangilandi: 09:46 20.11.2026)

© Press-slujba YeEK
Obuna bo‘lish
So‘nggi to‘rt yil ichida YeOII mamlakatlarining O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmi 80 foizga oshgan.
TOShKENT, 20 noya – Sputnik. Toshkentda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va O‘zbekiston hukumati qo‘shma ishchi guruhining beshinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va 2027-2030 yillarga mo‘ljallangan yangi hamkorlik rejasini tayyorlash masalalarini muhokama qildi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilish YeIK integratsiya va makroiqtisodiyot vaziri Daniyar Imanaliyev va O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ibrohim Ergashev hamraisligida bo‘lib o‘tdi.

1/3
© Press-slujba YeEK
YeIK va O‘zbekiston 2030-yilgacha bo‘lgan savdo hamkorligini muhokama qildi

2/3
© Press-slujba YeEK
YeIK va O‘zbekiston 2030-yilgacha bo‘lgan savdo hamkorligini muhokama qildi

3/3
© Press-slujba YeEK
YeIK va O‘zbekiston 2030-yilgacha bo‘lgan savdo hamkorligini muhokama qildi
1/3
© Press-slujba YeEK
YeIK va O‘zbekiston 2030-yilgacha bo‘lgan savdo hamkorligini muhokama qildi
2/3
© Press-slujba YeEK
YeIK va O‘zbekiston 2030-yilgacha bo‘lgan savdo hamkorligini muhokama qildi
3/3
© Press-slujba YeEK
YeIK va O‘zbekiston 2030-yilgacha bo‘lgan savdo hamkorligini muhokama qildi
Tadbirda Komissiya, O‘zbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlarining tegishli idoralari hamda ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etdi.
YeIK ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi to‘rt yil ichida YeOII mamlakatlarining O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmi 80 foizga oshgan. 2025-yilda bu ko‘rsatkich yana 16 foizga oshib, taxminan 21 milliard dollarga yetdi.
Imanaliyev 2026-yilda ham savdo-iqtisodiy hamkorlik ijobiy sur’atni saqlab qolishini ta’kidladi. Shuningdek, u O‘zbekistonda YeOIIga a’zo davlatlar ishtirokidagi qo‘shma korxonalar soni 5 mingtaga yetganini ma’lum qildi.
Tomonlar Komissiyaning O‘zbekiston idoralari bilan o‘zaro hamkorligini hamda rasmiy va ishbilarmonlik muloqoti uchun platformalar ishini ijobiy baholadi. Hamkorlik yo‘nalishlari orasida sanoat kooperatsiyasi, infratuzilma va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bor.
Ishtirokchilar YeIK va O‘zbekiston hukumatining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejasining bajarilishini ko‘rib chiqdi 2027-2030 yillarga mo‘ljallangan navbatdagi hujjatni tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.
Kun tartibidan sanoat va agrosanoat majmuasi, texnik jihatdan tartibga solish, sanitariya va fitosanitariya choralari, bojxona ma’muriyatchiligini raqamlashtirish va xalqaro yuk tashish sohalarida tajriba almashish masalalari ham o‘rin oldi.
Tomonlar tranzitni soddalashtirish, elektron savdo, tovarlarni markirovkalash va turizm masalalarini muhokama qildi. Imanaliyevning so‘zlariga ko‘ra, hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ishlar tovarlarning bozorlarga kirishini osonlashtirish va biznes xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan.
Bundan tashqari, ishtirokchilar xalqaro yuk tashuvchi tovarlar va transport vositalari to‘g‘risida ma’lumot almashish to‘g‘risidagi bitimni tayyorlashni ko‘rib chiqdilar. Shuningdek, O‘zbekistonning YeOII va uchinchi mamlakatlar yagona bojxona tranziti tizimida ehtimoliy ishtirok etish shartlarini kelishishni faollashtirish masalalari muhokama qilindi.
Yana bir mavzu YeOII va O‘zbekistonda texnik tartibga solish tizimlarini qiyosiy tahlil qilish va navigatsiya plombalarini qo‘llash bo‘yicha tajriba almashish rejasini amalga oshirish bo‘ldi.
YeIK vaziri O‘zbekiston vakillarini 2027-yil may oyida Bishkekda bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo iqtisodiy forumida ishtirok etishga taklif qildi.

YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

